O‘zbekiston | 12:03 / 03.06.2024
6218
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida harorat yanada ko‘tariladi

Iyunning birinchi ish haftasida ob-havo O‘zbekiston bo‘yicha quruq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat hafta boshida +32, keyinroq +35 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

Iyun oyining birinchi ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, 4−5 iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda jadalligi kamroq bo‘lgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ushbu kunlarda respublika hududining katta qismida qulay harorat foni saqlanib turadi, haftaning birinchi yarmida harorat +29...+32 daraja, haftaning ikkinchi yarmida +32...+35 daraja bo‘ladi. Faqat janubda va cho‘l hududlarda harorat kunduz kunlari +36...+39 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 3−5 iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat 3−5 iyunda +30...+33 daraja, 6−7 iyunda +32...+35 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +18...+21 darajagacha bo‘ladi.

 

Mavzuga oid