2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 42 mlrd dollarga teng bo‘ldi, import - 25,5 mlrd dollar
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 42,1 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 42,1 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 16,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda: mahsulotlar – 14,1 mlrd dollar, xizmatlar – 2,5 mlrd dollar.
Shuningdek, savdo aylanmasida import hajmi 25,5 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda: mahsulotlar – 23,7 mlrd dollar, xizmatlar – 1,8 mlrd dollar.
Avvalroq, qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum bo‘lgandi.
2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 289 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 988 ta va xorijiy korxonalar 7 301 tani tashkil etmoqda.
2022 yilning 1 yanvar holatiga xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha sonida sanoat yetakchilik qilmoqda – 4 076 ta korxona.
Mavzuga oid
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024