Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
Qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotida aytilishicha, 2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 289 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 988 ta va xorijiy korxonalar 7 301 tani tashkil etmoqda.
2022 yilning 1 yanvar holatiga xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha sonida sanoat yetakchilik qilmoqda – 4 076 ta korxona.
Keyingi o‘rinlardan savdo sohasidagi korxonalar (3 782 ta) va qurilish bo‘yicha korxonalar joy oldi (1 100 ta).
Shuningdek, bu ko‘rsatkich qolgan sohalar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 718 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 550 ta;
- axborot va aloqa – 400 ta;
- tashish va saqlash – 354 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 210 ta.
Mavzuga oid
15:05
Yanvarda kichik biznes hissasiga 6 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri keldi
14:44
MChJ O‘zbekistondagi eng ommalashgan biznes shakli bo‘lib qolmoqda
12:41
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
15:31 / 14.03.2026