Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila oqibatida respublika hududida heç qanday köngilsiz hodisalar kuzatilmaganini ma’lum qildi.
«Respublika hududida heç qanday köngilsiz hodisalar kuzatilmadi. Bino va inşootlarga zarar yetmagan.
Öz navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tuşmaslikni va vahimaga berilmaslikni sörab qoladi. Ba’zi-ba’zida şunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatov öz kanalida yozişiça, bugungi zilzila ortidan qisqa vaqt içida yana kuçli zilzila bölişi ehtimoli deyarli yöq.
«Afğonistonda sodir bölgan kuçli zilzila ikki plitaning özaro birlaşgan nuqtasiga yaqin hududda sodir böldi.
Özbekistonda seysmik qözğaliş köp jihatdan Hindiston va Yevrosiyo plitalarining özaro ta’siriga boğliq. Mazkur plitalarning seysmik tutaşuvi Afğonistonda joylaşgan bölib, u yerda çuqur fokusli zilzilalar (130 km.dan çuqurlikda) tez-tez uçraydi. Özbekistonda mazkur seysmik faollikning aks-sadolari yetib keladi. Soat 21:47 da kuzatilgan zilzila ham şular jumlasidan.
Epimarkazida 6,6 magnitudali zilzilaning 220 km çuqurlikda bölişi va ortidan afterşoklar kuzatilmasligi uning ançagina çuqurlikda röy bergani bilan tuşuntiriladi. Bunday jarayonda zilzila ortidan qisqa vaqtda yana qayta kuçli zilzilaning böliş ehtimoli juda past (yöq hisobi)», degan u.
Bugun, 21 mart kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:47 da Afğonistonda 6,6 balli zilzila sodir böldi. Uşbu zilzila kuçi Özbekiston Respublikasi hududida ham sezildi.
Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus şimoliy kenglik; 70,98 gradus şarqiy uzunlik. Magnituda M=6,6. Çuqurlik 220 km.

Özbekiston hududidagi silkinişlar kuçi:
- Surxondaryo viloyati: 5−6 ball, 342 km
- Farğona viloyati: 5 ball, 447 km
- Sirdaryo viloyati: 5 ball, 493 km

















