Şavkat Mirziyoyev «Bino va inşootlarning zilzilabardoşligini oşiriş hamda seysmik xavfni monitoring qiliş faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
1 iyundan boşlab seysmik faol zonalarda MSK-64 şkalasi böyiça 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilişi rejalaştirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalaş qurilmalari, şu jumladan, seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalaş amaliyoti yölga qöyiladi.
1 iyuldan boşlab yangi qurilişi rejalaştirilayotgan xavflilik omili III — IV toifa bölgan obektlarga bino va inşootlarning yuk kötaruvçi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qiliş uskunasini örnatiş majburiy böladi.
Monitoring qiliş uskunalarining majburiy örnatilişini nazorat qiliş Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligiga, ulardan olinadigan ma’lumotlarning yagona bazasini yuritiş va monitoring qiliş esa Toşkent arxitektura-quriliş universitetiga yuklangan.
1 iyuldan boşlab MSK-64 şkalasi böyiça 5 va undan yuqori ballik yer silkinişi sodir bölganda bino va inşootlarning holati böyiça yuk kötaruvçi konstruksiyalarni avtomatik monitoring qiliş uskunalaridan olingan ma’lumotlar tezkor ravişda tahlil qilinadi. Bino va inşootlarda aniqlangan xavf böyiça zudlik bilan Özbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlaş tadbirlarini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşiga axborot kiritilişi şart.
Respublika kengaşi uç kun muddatda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bilan birgalikda zilzila natijasida aniqlangan bino va inşootlarning zaif nuqtalarini mustahkamlaş va xavfni bartaraf etiş çoralarini belgilab, ularning amalga oşirilişini ta’minlaydi.
Şuningdek, 1 iyundan yangi qurilişi rejalaştirilayotgan xavflilik omili III — IV toifa bölgan obektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuçli zilzila paytida avtomatik bloklaş tizimi bilan loyihalaş tartibi joriy etiladi.
Qarorda sodir bölgan zilzilalar va fasllardagi namgarçiliklar ta’siridan çökkan hamda deformatsiyalar paydo bölgan bino va inşootlarni mustahkamlaş işlariga «ilğor, zamonaviy va xavfsiz yondaşuvlarni» joriy etiş belgilangan.
Şu maqsadda 1 iyulga qadar texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inşootlarni «kompensatsion inʼeksiya texnologiyasi orqali mustahkamlaş va deformatsiyani oldingi holatiga qaytariş» uslubi orqali qayta tiklaş işlari eksperiment tariqasida amalga oşiriladi.













