O‘zbekiston | 23:10 / 18.06.2020
15524
1 daqiqa o‘qiladi

Asiana Airlines aviakompaniyasi Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga bir nechta reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda (jadval)

Foto: Asiana Airlines

Iyun-iyul oylarida Janubiy Koreyaning “Asiana Airlines” aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida bir nechta reyslar rejalashtirilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norovning xabar berishicha, parvozlar quyidagi kunlarda rejalashtirilgan:

29 iyun – Inchxon – Toshkent – Inchxon

6 iyul – Inchxon – Toshkent – Inchxon

13 iyul – Inchxon – Toshkent – Inchxon

20 iyul – Inchxon – Toshkent – Inchxon

27 iyul – Inchxon – Toshkent – Inchxon

Mazkur reyslarga D-2 va D-4 (talaba) vizasi va E-9 (ishchi) vizasiga ega bo‘lganlar ham chiqishi mumkin.

O‘zbekistondan Koreya Respublikasiga borish uchun alohida ruxsatnoma talab etilmaydi.

Mazkur amalga oshiriladigan reyslar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lib, Koreyadan O‘zbekistonga qaytganlar fuqarolar 14 kunlik karantinga olinmaydi.

Mavzuga oid