Jahon | 19:39 / 18.06.2024
14774
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda fuqaroni AQShga yuborishini aytib, Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi

Jabrlanuvchining otasi ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘li Afrika qit’asida chorasiz qolib ketganini ma’lum qilgan.

Foto: Getty Images

Jizzaxda fuqarolardan biri katta pul evaziga AQShga yuborishini aytib, uni Janubiy Afrika Respublikasiga yuborgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax shahrining Xayrobod mahallasida yashovchi I.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘li M.T.ni Sharof Rashidov tumanida yashovchi A.Ya. AQShga ishlashga yuborishini aytib, 14 ming 300 AQSh dollari olgani, lekin farzandini Afrikaga jo‘natganini bildirgan.

Shuningdek, arizachi o‘g‘li M.T. Afrikada chorasiz qolib ketgani, A.Ya. vaziyatni o‘nglash uchun o‘zidan yana 6 ming 700 AQSh dollari talab qilayotganini bayon etgan.

Mazkur murojaat asosida huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, murojaatchi I.M.dan 6 ming 700 AQSh dollarini olgan A.Ya. ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid