Afrikadagi Sahroi Kabir çöli haqida gap ketganda köpçilikning tasavvurida bepoyon qumlik gavdalanadi. Bu yer ösimliklar dunyosi uçun öta oğir muhit bölsa-da, unda yaşillik yöq emas. Phys.org naşrining yozişiça, hududda ösimliklar ösişi darajasi ming yillar davomida goh oşib, goh pasayib kelgan.
Çöldagi “yaşil” davrlardan biri 5000−11000 yil avval, golotsen davrining birinçi yarmida sodir bölgan. Yozda quyoşning joylaşuvi Yer perigeliysi bilan töğri kelgani sababli (sayyora Quyoşga eng yaqin nuqtada bölganda), şimoliy yoz davomida (iyundan avgustgaça) quyoş radiatsiyasining kuçayişi tropik mintaqalarda, örta va yuqori kengliklarda mavsumiylikni özgartirib yuborgan. Taxminlarga köra, Şimoliy yarimşardagi mussonlarning kuçayişi butun Afrika böylab namlik darajasi oşişida muhim rol öynagan hamda Sahroi Kabirda doimiy yaşil butalarning ösişi uçun qulay şaroit yaratgan.
Sahroi Kabirni kökalamzorlaştiriş iqlimni qanday özgartiradi?
Yangi tadqiqot doirasida italiyalik olimlar Sahroi Kabirning faol yaşillaşiş davrini qayta yaratuvçi iqlim modellarini örganib çiqdi, şuningdek, bu hodisaning Yer iqlimiga körsatgan ta’sirini tahlil qildi. Ularning xulosasiga köra, sahro hududlarining yaşillaşuvi Şimoliy yarimşarda atmosfera aylanişiga yillik ta’sir körsatişi mumkin, ayniqsa, Afrika mussonlari rivojlanadigan şimoliy yoz paytida bu ta’sir yaqqol seziladi.

Afrikadagi özgarişlar Şimoliy yarimşar mintaqalarida anomal iqlimga olib kelgan: Skandinaviya va Şimoliy Amerikada havo iliqroq va quruqroq bölgan, Ğarbiy Yevropada qiş sovuqroq, yoz esa issiqroq bölgan, Markaziy Yevropada umumiy isiş kuzatilgan, Örta yer dengizi hududi sovuq va yomğirli bölgan, Markaziy Osiyoda esa qiş iliq, yoz sovuq bölib, yil davomida yoğingarçilik miqdori ortgan.
Tadqiqot guruhi iqlim özgarişlarini Uoker atmosfera aylanişi va Şimoliy Atlantika tebranişlari bilan izohladi. Şarqiy Örta dengiz, Şimoliy Afrika va Şimoliy Amerikaning qutbiy hududlarida yoz fasli doimiy iliqroq va quruqroq bölib qoldi, Şimoliy, Markaziy va Şarqiy Yevropa, şuningdek, Şimoliy Amerikaning şarqiy qismida esa aksinça, salqinroq va namroq.
Olimlar tomonidan körib çiqilgan iqlim özgarişlari ming yillar davomida saqlanib qolgan, bunga çang çiqindilarining 80 foizga qisqarişi sabab bölgan. Albedo (jismning nur qaytariş qobiliyati) körsatkiçining çöllar uçun 0,30 foizga, butazorlar uçun 0,15 ga pasaygani tropik mintaqalarda isiş jarayoni kuçayganidan dalolat beradi.
















