17:04 / 02.05.2023
16274

“O‘zbekistonning Germaniyadagi ko‘rgazmasi debochasi” - Saida Mirziyoyeva milliy orkestrning Berlindagi konserti haqida

O‘zbekiston milliy simfonik orkestri Berlin filarmoniyasining katta zalida konsert berdi. Unda kompozitor Kirill Rixter o‘zbek she’riyatiga asoslangan asarini taqdim etdi. Konsertda ishtirok etgan Saida Mirziyoyeva bu tadbir Berlindagi O‘zbekiston ko‘rgazmasining ochilishiga debocha bo‘lganini qayd etdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonning arxeologik yodgorliklari 4 may kuni Berlinda namoyish qilinadi. “Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko‘rgazma 2024 yil yanvariga qadar davom etadi.

Namoyishdan oldin Berlin filarmoniyasining katta zalida Kirill Rixter va Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident administratsiyasi shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kirill Rixter aynan shu konsert uchun o‘zbek she’riyatiga asoslangan noyob asar tayyorlab, uning musiqasi va ssenografiyasiga mualliflik qildi. Ushbu loyiha tinglovchilarga o‘zbek she’riyatining teranligi va go‘zalligini his etish hamda sozandalarimizning iste’dodi va mahoratiga baho berish imkonini beradi.

Ushbu musiqiy tadbirni “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha” ko‘rgazmasining debochasi deyish mumkin. Ko‘rgazma yurtimiz tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o‘rganishning muhim ahamiyatini ko‘rsatadi”, – dedi Saida Mirziyoyeva.

Top