Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya bundestagining "Germaniya – Markaziy Osiyo" parlament guruhi raisi örinbosari Manfred Grund bilan uçraşuv ötkazdi.
TIV ma’lumotiga köra, uçraşuv çoğida parlamentlararo muloqotni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratgan holda Özbekiston va Germaniya örtasidagi munosabatlarni faollaştiriş böyiça takliflar muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, ilmiy-tadqiqot markazlari örtasida aloqalarni yölga qöyiş, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohasida qöşma dastur va loyihalarni kengaytirişdan özaro manfaatdorlik bildirildi.
Muzokaralar kun tartibidan turli daraja va şakldagi bölajak qöşma tadbirlarga doir masalalar ham örin oldi.












