Amerika prezidenti uchinchi jahon urushi ehtimoliga izoh berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp respublikachi-senator Bob Korkerning so‘zlariga izoh berdi. Senator Amerika yetakchisining hozirgi siyosati AQShni "uchinchi jahon urushiga yo‘llashi" mumkin, degan fikrni bildirgan edi. Prezidentning senatorga javobi Oq uy saytida keltirilgan.
Tramp so‘zlariga ko‘ra, aslida Amerikaning avvalgi ma'muriyatlari "noto‘g‘ri yo‘lda" bo‘lishgan. So‘nggi 25 yil mobaynida Qo‘shma Shtatlar "dunyo guvohi bo‘lmagan — ulkan muammo yoqasida bo‘lgan".
"Ishoning, hozir biz to‘g‘ri yo‘ldamiz", — degan Amerika rahbari.
Bundan avval, Tramp Korkerni Twitter sahifasida tanqid qilib, uning 2018 yilgi Senatga qayta saylanish uchun nomzodini ilgari surishga "jasorati yetmagani" haqida yozgan edi.
Tramp, shuningdek, Korkerni davlat kotibi lavozimiga munosib ko‘rmaganini ta'kidlab, aynan u Eron bilan "dahshatli" yadro bitimiga erishish sababchisi ekanini uqdirgandi. Bunga javoban Korker Twitter sahifasida Oq uy "kattalar uchun bolalar bog‘chasiga" aylanganini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
13:20
Sanksiyalar chetlab o‘tilishi: AQSh Xitoydan uran importini tekshiryapti
12:00
AQSh FZT 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
13:00 / 18.09.2024
Rossiya elchisi: AQSh bilan qurol nazorati bo‘yicha muloqot imkonsiz
10:40 / 18.09.2024