Mamlakatning markaziy banki bölib xizmat qiluvçi AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) bazaviy foiz stavkasini 50 punktga — yillik 4,75–5,25 foizgaça pasaytirdi. Bu haqda taşkilotning 18 sentabr, çorşanba kuni çop etilgan press-relizida aytiladi.
Bazaviy foiz stavkasi bir yildan köproq vaqt davomida 20 yil içida eng yuqori darajada böldi. Uning darajasi yillik 5,25-5,5 foizni taşkil etdi. Foiz stavkalarini oşiriş siyosati Federal zaxira tizimi tomonidan maksimal bandlikka erişiş va inflatsiyani ikki foizga kamaytiriş, keyin esa mustahkamlaş maqsadida amalga oşirildi. Taşkilotning press-relizida uşbu maqsad sari olğa siljiş qayd etilgan, biroq ayni paytda inflatsiya darajasi «biroz yuqori»ligiça qolmoqda», deyiladi naşrda.
FZT 2022 yilning mart oyida AQŞda rekord darajadagi inflatsiya tufayli stavkalarni oşirişni boşladi. Bu davr mobaynida kurs ketma-ket 11 marta kötarildi. FZTning navbatdagi stavka böyiça yiğilişi 6-7 noyabr kunlari bölib ötadi.

















