Amerika prezidenti uchinchi jahon urushi ehtimoliga izoh berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp respublikachi-senator Bob Korkerning so‘zlariga izoh berdi. Senator Amerika yetakchisining hozirgi siyosati AQShni "uchinchi jahon urushiga yo‘llashi" mumkin, degan fikrni bildirgan edi. Prezidentning senatorga javobi Oq uy saytida keltirilgan.
Tramp so‘zlariga ko‘ra, aslida Amerikaning avvalgi ma'muriyatlari "noto‘g‘ri yo‘lda" bo‘lishgan. So‘nggi 25 yil mobaynida Qo‘shma Shtatlar "dunyo guvohi bo‘lmagan — ulkan muammo yoqasida bo‘lgan".
"Ishoning, hozir biz to‘g‘ri yo‘ldamiz", — degan Amerika rahbari.
Bundan avval, Tramp Korkerni Twitter sahifasida tanqid qilib, uning 2018 yilgi Senatga qayta saylanish uchun nomzodini ilgari surishga "jasorati yetmagani" haqida yozgan edi.
Tramp, shuningdek, Korkerni davlat kotibi lavozimiga munosib ko‘rmaganini ta'kidlab, aynan u Eron bilan "dahshatli" yadro bitimiga erishish sababchisi ekanini uqdirgandi. Bunga javoban Korker Twitter sahifasida Oq uy "kattalar uchun bolalar bog‘chasiga" aylanganini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
19:53
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
23:07 / 14.09.2024
Ukraina o‘z ittifoqchilariga Rossiya hududidagi uzoq masofali raketalar uchun mo‘ljallangan nishonlar ro‘yxatini taqdim etdi - OAV
21:25 / 14.09.2024
Trampga suiqasddan so‘ng boshlangan tergov xavfsizlik bo‘yicha jiddiy kamchiliklarni aniqladi
18:55 / 14.09.2024