Trampga suiqasddan so‘ng boshlangan tergov xavfsizlik bo‘yicha jiddiy kamchiliklarni aniqladi
Maxfiy xizmat xodimlari va mahalliy politsiya yetarli tarzda hamkorlik qilmagani ta’kidlanmoqda.

Foto: Jabin Botsford/The Washington Post
Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan so‘ng boshlangan ichki tergov AQSh sobiq prezidentini qo‘riqlash bilan bog‘liq jiddiy kamchiliklarni tasdiqladi, deb yozdi The Washington Post (WP) tergov bilan tanish bo‘lgan ikki yuqori martabali hukumat amaldoriga tayanib.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, tergov davomida Maxfiy xizmat xodimlari mahalliy politsiyaga o‘q otilgan binoning tomini qo‘riqlash bo‘yicha ko‘rsatma bermagan. Bundan tashqari, Maxfiy xizmat xodimlari ehtimoliy tahdidlarni kuzatishi kerak bo‘lgan radio xonasi vaziyatni va tashqi perimetrni kuzatayotgan mahalliy politsiyadan real vaqt rejimida xabarlarni qabul qila olmagan. Mahalliy politsiya faqat bir nafar Maxfiy xizmat xodimiga otishmachi bo‘lib chiqqan shubhali shaxs haqida xabar bergan. Shunday qilib, ehtimoliy tahdid haqida ogohlantirish Maxfiy xizmat radiosi orqali keng tarqatilmagan.
Hukumat vakillarining aytishicha, tergov natijalari kelasi hafta e’lon qilinishi mumkin. Maxfiy xizmat direktori vazifasini bajaruvchi Ron Rou 12 sentabr kuni Senat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Vakillar palatasi tergov guruhiga bo‘shliqlarni bartaraf etish uchun kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘rishni buyurganini aytdi, dedi VP manbalaridan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap, xususan, AQSh prezidentligiga nomzodlarning omma oldida chiqishlari vaqtida Maxfiy xizmat va mahalliy politsiya xodimlarini bitta qo‘mondonlik markaziga joylashtirish haqida ketmoqda.
Trampga suiqasd 13 iyul kuni kechqurun Pensilvaniya shtatining Batler shahridagi saylovoldi tashviqoti mitingidagi chiqishi vaqtida sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, ikki nafari og‘ir yaralangan. Federal qidiruv byurosining ma’lum qilishicha, suiqasdni 20 yoshli Tomas Metyu Kruks uyushtirgan, u otib o‘ldirilgan.
AQSh Maxfiy xizmat direktori Kimberli Chitl 22 iyul kuni Vakillar palatasining nazorat qo‘mitasida bergan ko‘rsatmasi paytida tanqidlar ostida qolib, iste’foga chiqdi. «Direktoringiz sifatida men xavfsizlik bo‘shlig‘i uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman», deb yozgan u Maxfiy xizmat xodimlariga yo‘llagan yakuniy maktubida.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

23:06 / 02.06.2025
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi

21:50 / 02.06.2025
Pentagon rahbari Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi haqida muntazam ma’lumot olgan – OAV

21:44 / 01.06.2025
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17 / 01.06.2025