21:31 / 02.06.2018
9114

Toshkentda Orol bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

Foto: kun.uz

7-8 iyun kunlari Toshkentda “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangi yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Anjumandan maqsad Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyati doirasida Orolbo‘yi muammolarini hal qilishda Orol mintaqasi davlatlarining harakatlarini muvofiqlashtirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar tahlili va ularga baho berish, Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish, ularni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.

Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari vazirliklari, idoralari va jamoat takshilotlari hamda parlament deputatlari, 20 ta davlatdan yetakchi mutaxassislar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, atoqli olimlar va mutaxassislar ishtirok etishadi.

Anjuman ishtirokchilari 7 iyunda Orolbo‘yi hududi – Nukus va Mo‘ynoq shaharlariga, Orol dengizi tubida hosil bo‘lgan “Kemalar qabristoni”ga tashrif buyurishib, hududdagi ekologik vaziyat bilan tanishishadi, mahalliy aholi va davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishadi.

Top