Xitoy o‘zining yadroviy salohiyatini boshqa davlatlardan tezroq kengaytirmoqda - SIPRI
Jahondagi atom arsenallarini tadqiq etish natijalariga ko‘ra, Xitoy boshqa yadroviy davlatlarga nisbatan o‘zining yadro kallaklari zaxirasini tezroq ko‘paytirayotgani ma’lum bo‘ldi. Chunki XXR raisi Si Jinping o‘z qurolli kuchlarini modernizatsiya qilmoqda.
O‘tgan yilning boshida Xitoyda 410 ta yadro kallagi bo‘lgan bo‘lsa, 12 oy ichida ularning soni 500 taga yetgan, deyiladi Stokholm tinchlik muammolarini tadqiq qilish xalqaro instituti (SIRPI) hisobotida.
SIPRI hisobotiga ko‘ra, so‘nggi yil ichida yadroviy qurolga ega to‘qqiz davlat — AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, KXDR va Isroil o‘zlarining yadroviy arsenallarini modernizatsiya qilishgan hamda yadroviy zaryadni tashish qobiliyatiga tizimlarni yangilash va yangi yadroiy qurollarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishgan.
Rossiya va AQSh birgalikda jahondagi yadroviy qurollarning 90 foiziga egalik qilishadi va ularning zaxirasi 2023 yil davomida nisbatan barqaror qolgan. SIPRI hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yil boshiga kelib, Rossiya avvalgi yilga nisbatan 36 ta jangovar kallakni kamroq ishlab chiqargan. Tadqiqot mualliflarining yodga solishicha, 2023 yilda Rossiya hokimiyati yadroviy qurolni Belarusga joylashtirishni e’lon qilishgan, biroq «jangovar kallaklarning joylashtirilgani faktining ishonarli isbotlari yo‘q»ligini qayd etishgan.
Xitoy o‘zining yadroviy kuchlarini sezilarli darajada oshirib olgan — 2023 yil boshidagi 410 ta kallakdan 2024 yil yanvarida 500 ta kallakkacha, deyiladi hisobotda. Tahlilchilarning kutilmasiga ko‘ra, Xitoy arsenali o‘sishda davom etadi. 2030 yilga borib Xitoyda «Rossiya va AQShda bo‘lgani singari qit’alararo ballistik raketalar bo‘ladi», biroq yadroviy kallaklar soni Moskva va Vashingtonnikidan baribir kamroq bo‘ladi.
«Xitoy o‘zining yadroviy qudratini boshqa davlatlardan ko‘ra tezroq o‘stirmoqda. Lekin yadroviy qurolga ega deyarli har bir davlatda yadroviy kuchlarni o‘stirish bo‘yicha yo rejalar bor yoki sezilarli harakatlar olib borilmoqda», — SIPRI’ning ommaviy qirg‘in quroli bo‘yicha dasturi katta ilmiy xodimi Hans Kristensen. Hisobotda qayd etilishicha, Xitoy ilk marta unchalik ko‘p bo‘lmagan kallaklarni o‘z raketalariga o‘rnatib, ularni jangovar navbatchilikka qo‘ygan.
Hisobotdan ko‘rinishicha, 2024 yil boshiga kelib yadroaiy davlatlar 12 ming 121 ta yadroviy kallaklarga egalik qilishgan, ularning 9 ming 585 tasi omborlarda saqlanmoqda va potensial foydalanish uchun yaroqli holda.
SIRPI’ning xulosa qilishicha, 2023 yilda yadroviy qurollar ustidan nazorat sohasidagi diplomatiya «yanada jiddiy muvaffaqiyatsizliklarga duchor bo‘lgan». Xususan, Rossiya Strategik hujumkor qurol-yarog‘lar to‘g‘risidagi shartnomada ishtirok etishini to‘xtatishini e’lon qilgan.
«Biz yadroviy qurol xalqaro munosabatlarda bunchalik muhim rol o‘ynashini sovuq urush davridan buyon ko‘rmagan edik. Yadroviy qurolga ega yirik besh davlat rahbarlari «yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmaydi, shuning uchun u boshlanmasligi kerak», deya birgalikda bayonot berganidan bor-yo‘g‘i ikki yil o‘tganiga ishonish qiyin», — degan SIPRI’ning ommaviy qirg‘in quroli bo‘yicha dasturi direktori Uilfred Van.
Mavzuga oid
23:34 / 19.11.2024
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
22:10 / 19.11.2024
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
19:03 / 19.11.2024
Honkongda 2019 yilgi norozilik namoyishlarining 45 nafar yetakchisiga hukm o‘qildi
18:56 / 19.11.2024