O‘zbekiston | 07:37 / 26.06.2024
3127
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘inda halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmadi

Koreyada litiy batareyalari ishlab chiqaradigan zavodda yong‘in chiqishi oqibatida 20 ga yaqin ishchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 

Foto: Reuters

Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmatining xabar berishicha, yong‘in oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgan va ularning 20 nafari chet davlatlar fuqarolari hisoblanadi. 

Ushbu yong‘in oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar orasida hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi.

Yong‘in dushanba kuni tongda Seuldan taxminan 45 km janubda joylashgan Hvasong shahridagi Aricell zavodida batareyalar portlashidan boshlangan.

O‘t o‘chirish xizmati vakili Kim Jin Yon qurbonlarning 18 nafari Xitoy fuqarolari ekanini ma’lum qilgan, yana bir laoslik va ikki nafar janubiy koreyalik ishchi ham halok bo‘lgan.

Janubiy Koreya dunyoda litiy batareyalari ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi. Ular ko‘plab mahsulotlarda — elektromobillardan tortib noutbuklarni yasashda foydalaniladi.

Mavzuga oid