Toşkent şahri Yaşnobod tumani Ohangaron köçasining 2-darajali yölida 10 sentabr kuni “ZIL” yuk maşinasida yonğin kelib çiqdi.
Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabariga köra, yonğin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yonğin natijasida tan jarohati olganlar bölmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilib, yonğin yuzaga kelişining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.












