Jamiyat | 12:25 / 18.07.2019
10415
1 daqiqa o‘qiladi

Yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish yana boshlandi

Foto: 2-tyuk.uz

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari yuridik kollejlar qabul komissiyalari tomonidan 2019 yilning 1 iyunidan 20 iyunigacha (shu kuni ham) qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, hujjat topshira olmagan ko‘plab abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini murojaatlari bo‘yicha hukumat tomonidan yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddatini joriy yilning 17 avgustigacha davom ettirishga rozilik berildi.

Shunga ko‘ra, yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni yana boshlanganligi ma'lum qilindi.

Mavzuga oid