Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilindi. Bu haqda boş vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Unga köra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro munosabatlar» yönalişi (özbek guruhi)ga eng yuqori – 189 ball töplangan, ammo tölov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar prezident tomonidan berilgan imtiyoz böyiça davlat granti asosida öqiydi:
- Ahatova Aziza Şuhrat qizi;
- Abdulvohidova Muhayyoxon Lutfullo qizi;
- Xöjabekov Ubaydullo Ne’matoviç;
- Ergaşeva Muxlisa Azizbek qizi;
- Tilavoldiyev Sanjar Zafarjon öğli.
Eslatib ötamiz, «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga harbiy ta’lim muassasalarida özlari töplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, boşqa OTMda esa 15 foizi miqdoridagi qöşimça ballar beriladi. Aynan şu toifadagi imtiyozli abituriyentlar sabab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga öqişga topşirgan 6 nafar abituriyent 189 ball töplasa ham, kontrakt asosida öqişga qabul qilingandi.
Qabul komissiyasi a’zosi, Bilim va malakalarni baholaş agentligi raisi Majid Karimovning sözlariga köra, «Temurbeklar maktabi»ning ham kvotalarini alohidalaştiriş ustida iş olib borilmoqda. Ma’lum qilinişiça, şunga öxşaş keyingi holatlarning ham oldini oliş uçun muntazam işlovçi tartib işga tuşirilyapti.
«Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan boşqa OTMda bunday muammo yöq. Maksimal ball töplab ham kontraktga öqişga qabul qilinganlar aslida 6 nafar edi. Qoraqalpoğistonlik bir talabaning muammosini hal qildik. Qolgan 5 nafarining muammosi esa bugun yoki ertaga hal böladi», degan u.
Mandat e’lon qilingaç, maksimal ball töplab ham kontrakt asosida öqişga kirgan abituriyentlar mavzusi va «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga berilgan imtiyoz jamoatçilik etirozlariga sabab bölgandi. Kun.uz ham bu mavzuda bir qança materiallar e’lon qilgandi.












