O‘zbekiston | 17:29 / 22.08.2023
11609
1 daqiqa o‘qiladi

Metroga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonlarining boshlanish vaqti ma’lum qilindi

Oliy ta’lim muassalarida 2023/2024 o‘quv yili 4 sentabrdan boshlanadi. Vazirlik poytaxt metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash maqsadida metro bekatlariga yaqin 31ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqt grafigini ham tuzib chiqdi.

Respublikadagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024 o‘quv yili 4 sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Shuningdek, vazirlik Toshkent shahar metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida metro bekatlarga yaqin joylashgan OTMlarining maqbullashtirilgan ish grafigini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2023 yil 4 sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1 – 3 sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.

Mavzuga oid