2024 yil 27 mart kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari Komiljon Karimov buyruği ostida OTM rektorlari va filial direktorlariga jönatilgan xat tarqaldi. Unda 2021-2024 yillar davomida har bir OTM rektori, prorektorlari, bölim va boşqarma boşliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari amalga oşirgan safarlar böyiça ma’lumotlarini özbek tili kirill alifbosida beriş söralgan.

Xat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari va jamaot faollari örtasida muhokamaga sabab böldi. Holat yuzasidan vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, holat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati va mas’ullari iştirokida tahlil qilinib, hujjatlarni işlab çiqiş va iş yuritiş böyiça kelgusida bu kabi holatlarga qayta yöl qöymaslik va uning oldini oliş böyiça aniq vazifalar belgilangan. “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xatda keltirilgan holat yuzasidan mazkur xat mas’ul ijroçisi bilan tuşuntiriş işlari olib borilib, zarur tavsiyalar berildi. Tizim xodimlari uçun davlat tilida iş yuritiş asoslari böyiça seminarlar ötkazilişi rejalaştirildi”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

Şuningdek, vazirlik tizim taşkilotlari va oliy ta’lim muassasalarida iş yuritiş töliq davlat tilida, ya’ni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida olib borayotganini ma’lum qilgan. Biroq munosabatda OTMlardan nega kirill alifbosida ma’lumot söralganiga izoh berilmagan.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi qonun 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan.