2020 yil 2 avgust kuni Kun.uz saytida «Turkiyada 40dan ortiq özbekistonlik charter reysdan qolib ketdi – aybdor kim?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Unda joriy yilning 16 va 30 iyul kunlari Istanbul-Toşkent-Istanbul yönalişi böyiça «Turk havo yöllari» aviakompaniyasining charter reysi taşkil etilgani, biroq birinçi reysdan 11 kişi, ikkinçisidan 31 kişi, jami 42 kişi çipta xarid qilgani holda qolib ketgani, ayrimlarining çiptasi samolyot uçib ketganidan keyin aviakompaniya vakili tomonidan olinib, bortga çiqiş qismi qaytarib berilgani haqida xabar qilingan edi.
Şu munosabat bilan Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulligi özining Telegram sahifasida maqola yuzasidan munosabati va izohlarini e'lon qildi. Quyida uni e'tiboringizga havola etamiz.
«Ba'zi ommaviy axborot vositalarida «16 va 30 iyul kunlari «Turkish Airlines» aviakompaniyasi tomonidan taşkil etilgan charter reysda jami 42 özbekistonlik yölovçi parvozdan qolib ketgan»i haqidagi xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Joriy yilning 16 iyulida qolib ketgan 12 fuqaro parvoz uçun şakllantirilgan röyxatdan joy olmagan edi. «Turkish Airlines» aviakompaniyasi öz reglamentiga muvofiq, parvozgaça 1,5 soat vaqt qolganda kelmagan yölovçilarning örniga tegişli biletlarni röyxatda mavjud bölmagan boşqa yölovçilarga sotgan. Uşbu holatda bilet sotib olgan fuqaro zarur hujjatlarini taqdim etib, tezkorlik bilan çegaradan ötiş işlarini amalga oşirsa, biror muammosiz samolyot bortiga yetib olişi mumkin edi. Lekin afsuski, röyxatda bölmagani holda bilet sotib olgan fuqarolar çegaradan ötiş jarayonida Turkiya hududida böliş qonun-qoidalarini buzganligi aniqlangan va tegişli ma'muriy çoralar körilgan. Buning natijasida ular tegişli charter parvoziga öz vaqtida yetib ololmagan. Tartibga muvofiq samolyot belgilangan vaqtda Toşkentga uçib ketgan.
Yuqoridagiga öxşaş holat 30 iyuldagi parvoz vaqtida ham kuzatilgan. Ma'lumot örnida qayd etiş zarurki, Turkiya respublikasining viza rejimini buzgan çet elliklar havo yöli çegarasidan ötiş jarayonida Turkiya migratsiya idorasining bölinmasiga (viza ihlali ofisi) çaqiriladi va u yerda tegişli suhbatdan ötadi. Bu yerda huquqbuzarlarga tegişli jarimani ixtiyoriy ravişda tölaş taklif etiladi. Jarimani tölaşni rad etgan huquqbuzarlarga nisbatan muayyan muddat davomida Turkiya hududiga kirişini taqiqlaşni nazarda tutuvçi ma'muriy javobgarlik qöllaniladi. Uşbu ma'muriy çora-tadbirlarni köriş uçun bir qança vaqt talab etiladi.

















