Reuters agentligi Anqaradagi manbasiga asoslanib suriyalik isyonçilar Turkiya kömagida 9 dekabrga kelib Manbij şahrini nazorat ostiga olgani haqida xabar berdi.
8 dekabr kuni keçqurun holatiga kurdlar laşkari vakili Manbij qöldan ketgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.
Suriyada inson huquqlariga rioya etilişini monitoring qiliş markazi (SOHR) Anqara yordamidan foydalanayotgan guruh 8 dekabr kuni şahardagi bir neça kvartalni egallagani haqida xabar bergandi.
SOHR ma’lumotiga köra, şahar uçun jang çoğida 26 kişi halok bölgan, yana 40 kişi yaralangan.
Turkiya kurd laşkarini terrorçi taşkilot deb hisoblaydi va şuning uçun unga qarşi kuraşuvçi kuçlarni qöllaydi — ulardan asosiysi «Suriya milliy armiyasi» guruhidir. Kurdlar Suriya şimolida mustaqil davlatini tuzişga harakat qilib keladi va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanadi, ular öz vaqtida IŞIDga qarşi kuraşda Vaşingtonning mintaqadagi asosiy hamkori bölgandi.
AQŞ uçun kurdlar — taktik ittifoqçilar
Yakşanba kuni, Başar Asad rejimi qulaganidan keyin, Turkiya mudofaa vaziri Yaşar Guler hamda uning amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin örtasida telefon muloqoti ötkazilgan.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga köra, ikki mamlakat mudofaa vazirlari «Suriyadagi voqealarni muhokama qilişgan». Ostin «AQŞ Suriyadagi turli muxolifat guruhlarining bayonotlari va harakatlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani»ni qayd etgan.
Ostin va Guler Suriyada zöravonlik avj olişining oldini oliş, şuningdek, AQŞ kuçlari va uning ittifoqçilarining uşbu mamlakatda bölib turişi xavfsizligi uçun harakatlarni muvofiqlaştiriş zarurligini ta’kidlaşgan.
Vaşingtondagilar Turkiyaning mamlakat xavfsizligi böyiça xavotirlarini yaxşi tuşunişlarini bildirişgan.
Turkiya va AQŞ — NATO a’zosi sifatida bir-birini himoya qiliş majburiyatini olgan ittifoqçilardir. Dam oliş kunlarida Başar Asad rejimi qulaşi Vaşingtonda ham, Anqarada ham yaxşi qabul qilindi. Ammo AQŞ va Turkiyaning Suriya şimolidagi kurdlar masalasidagi manfaatlari bir-biridan farqlanadi.
Kurdlar IŞIDga qarşi kuraşda AQŞning taktik ittifoqçilari bölgandi. 2016 yilda kurd tuzilmalari Manbijni IŞIDdan qaytarib olgan. Kurdlar AQŞ bilan hamkorlik qilgan, mojaroning oldingi yillarida uşbu şaharni birgalikda himoya qilib, patrullik qilgan. AQŞ kurdlarni qöllab-quvvatlaş uçun Suriyaga 900 nafar harbiy yuborgan.
Hozirda kurdlar Suriya şimoli-şarqida kattagina hududni nazorat qilmoqda. Ilgari amerikalik harbiylar Turkiya bilan ham birgalikda Manbij şahri atrofida navbatçilik qilgandi. Ammo dam oliş kunlari Turkiya kurdlarning pozitsiyalariga zarbalar yöllaganida Manbij atrofida amerikalik harbiylar bölgani yoki yöqligi hozirça aniq emas.
Turkiya uçun kurdlar — tahdid
Turkiya öz çegaralari yaqinida kurdlar laşkari turişini tahdid sifatida köradi. Anqara önlab yillar mobaynida öz davlatini tuzişni istaydigan kurd ayirmaçilar bilan kuraşib kelmoqda.
Turkiya Suriyadagi bir neça isyonçi guruhlarni, jumladan, dam oliş kunlarida Damaşqqa kirib kelgan «Hay’at Tahrir aş-Şom»ni qöllab-quvvatlamoqda.
Anqara «Suriya milliy armiyasi»ga ham yordam beradi — bu guruh yollanma jangçilardan tortib jinoyatçilargaça bölgan turli kuçlardan tarkib topgan. Anqara buni kurd jangarilaridan himoyalaniş uçun Suriya bilan çegara böylab bufer zona taşkil etiş zarurati sifatida izohlaydi.













