O‘zbekiston | 08:38 / 11.08.2021
5465
1 daqiqa o‘qiladi

Retsepsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati yangilandi

Foto: Shutterstock

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan yangi Retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ilgarigi ro‘yxat (ro‘yxat raqami 3200, 6.12.2019 y.) bilan solishtirganda retsepsiz beriladigan monopreparatlar ro‘yxati 105taga qisqardi va 87ta pozitsiyadan iborat. Majmuaviy preparatlar soni ushbu ro‘yxatda 118taga qisqardi va endi 814ta pozitsiyadan iborat.

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i talablariga dori vositalarini berishda o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tayinlash va qabul qilish tartibidan qat'i nazar amal qilinishi kerak.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingandan kuchga kirdi.

Mavzuga oid