Xasta farzandiga shifo tilagan ona iztirobi: “Bolam shu go‘dak uchun ham yashashi kerak”
Navoiy viloyatida istiqomat qiladigan Shahboz Ma’rufov zabardast yigitlik chog‘larini kasalxona devorlari orasida o‘tkazyapti. Mehnatda pishgan, pul topib ro‘zg‘or tebratayotgan yigit uchun bu ahvolga tushishi kutilmagan zarba bo‘ldi. Jigar sirroziga chalingan yigitning hayotga qaytishi uchun unga xorijda o‘tkaziladigan jigar ko‘chirish operatsiyasi zarur.
“Farzandining dardga duchor bo‘lganini eshitish hech bir onaga oson bo‘lmaydi. Eshitib tamom bo‘ldim. Bolam hali juda yosh – endigina 25ga kirdi. Birgina qizi bor, “dada” deganida juda chidash qiyin bo‘ladi. Bolam shu go‘dak uchun ham yashashi kerak!
Jigar ko‘chirish operatsiyasi uchun bizga 300 mln so‘m kerak ekan. Lekin bu pulni topish biz uchun katta muammo. Shu mablag‘ topilsa bolam sog‘ayishi mumkin. Unga kenja o‘g‘lim donorlik qilmoqchi. Uning ham ikki nafar farzandi bor. Shu bolajonlar haqqi o‘g‘illarim eson-omon operatsiyadan yaxshi chiqishini so‘rayapman”, - deya yig‘laydi bemorning onasi Zilola Jo‘rayeva.
Bir farzandining og‘ir dardidan kuyib o‘tirgan ona ikkinchi farzandining ham tig‘ ostiga tushishidan xavotirda. Ammo bu operatsiya amalga oshirilmasa Shahbozning hayoti, kelajagi xavf ostida qolishi aniq. Shu sabab umidini uzmagan oila barcha imkoniyatini ishga solib xorijda o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rishyapti. Agar yurtdoshlari ularni qo‘llab-quvvatlab turishsa, bir onaning ikki o‘g‘li hayotga qaytadi. Ularning farzandlari ota-ona bag‘rida ulg‘ayadi. Savobli amallarini yanada ko‘paytirishni maqsad qilgan insonlar bu fursatni qo‘ldan boy bermasligiga ishonamiz.
Humo: 9860 1601 3586 1047 bemor Shahboz Ma’rufov nomida
Viza: 4817 7604 0091 2170 qarindoshi Ulug‘bek Lutfillo nomida
Manzil: Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “Yashnobod” MFY, Mang‘it qishlog‘i.
Mavzuga oid
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024
O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
13:19 / 03.07.2024