«Ularning tili boşqa, dili boşqa»: Ahmad Mas'ud katta intervyu berdi
|20:11 / 26.08.202182 99617 min
Foto: Mohammad Ismail / ReutersFoto: Mohammad Ismail / Reuters
«Şimoliy alyans» rahbari bölgan Ahmad Şoh Mas'udning öğli, ayni vaqtda Panjşer viloyatida toliblarga qarşilik körsatişda davom etayotgan kuçlar yetakçisi Ahmad Mas'ud Rossiyaning RBK naşriga intervyu berdi. Ahmad Mas'ud öz ittifoqçilari kimligi hamda Afğoniston kelajagi qanday bölişi kerakligi haqida gapirdi.
«Biz muloqotga tayyormiz»
— Ayta olasizmi, siz hozir qayerdasiz? Panjşerdami?
— Ha, men Panjşerdagi uyimdaman.
— Siz bilan qança odam bor, jangçilaringiz qança?
— Minglab odamlar kuraşişni istaydi va ular jangga tayyor. Aynan qança odamligini aniq aytiş qiyin, ammo butun vodiy jangga tayyor.
— Vaziyat qanday? Toliblar bilan janglar yoki qandaydir qurolli töqnaşuvlar ketyaptimi?
— Hozirça yöq. Biz öz kuçlarimizni tiyib turibmiz. Ikki tomon ham muzokaralar boşlaşga intilmoqda, ammo şu bilan birga, har ehtimolga qarşi harbiy variantga ham tayyor.
Hozirda vaziyat şunday. Biz tinçlik jarayoni boşlanişiga umid qilamiz, agar muzokaralar samarali bölsa, biz ularga imkon berişimiz kerak. Biz gaplaşişga tayyormiz. Biz tinçlik uçun imkon berişga tayyormiz. Umid qilamizki, boşqa mamlakatlar — qöşnilarimiz, hududdagi derjavalar vaziyatga aralaşadi hamda «Tolibon»ga bosim ötkazib, ularni muzokaralarga undaydi. Çunki men tinçlik muzokaralari — yagona töğri yöl ekaniga işonaman. Ammo şu bilan birga, biz özimizni himoya qilişga, qarşilik körsatişga tayyormiz, Panjşer vodiysida bir qança harbiy manyovrlar va tayyorgarlik işlari olib borilgan (Asia-Plus’ning Afğonistondagi manbasi ma'lum qilişiça, Panjşer içkarisida tayyorgarlik işlari olib borilgan va barça toğ çöqqilariga, yöllarga, Panjşer yaqinidagi Gulbahor tumanida qoyalarga tanklar va boşqa jangovar texnika joylaştirilgan bölib, ular «Tolibon» hujum qilgan taqdirda, ularni yançib taşlaşga tayyor).
— Boşqa tomon ham Panjşerga bostirib kirişga tayyorlanmoqda yoki qandaydir hodisalar bölib ulgurdimi?
— Hozirça ular faqat tayyorlanişmoqda va yoki ular tayyorlanayotgani haqida ma'lumotlar bor, ammo heç qanday harakatlaniş sodir bölmagan.
Mavzuga oid
— Siz aytmoqdasizki, tinçlik muzokaralariga tayyorsiz. «Tolibon» ham bunga tayyormi?
— Gap şundaki, ular bir gapirayotgani boşqa, qilayotgani boşqa. Ular muzokaralarga tayyor ekanini aytişmoqda, oçiğini aytganda, bu bizni ruhlantiradi. Biz umid qilamizki, ular öz sözlarida turişadi. Biz ham muzokaralarga tayyormiz, çunki Afğonistonda sönggi 20 yilda, umuman, sönggi ellik yillikda yetarliça uruş böldi. Şunday ekan, bizga tinçlik kerak va buni özaro gaplaşişimiz kerak. Ammo ularning hujumga tayyorlanayotgani, bizni tinçlik bölişiga gumonlantirmoqda.
— Vaziyat keskinlaşuvi va toliblar bilan töqnaşuv röy berişi ehtimoli qançalik?
— Men aytgan bölardimki — ellikka ellik. Ehtimol, tinçlik muzokaralari natija berar, ammo harbiy qarama-qarşilik röy berişi ham mumkin.
«Meni heç kim heç qayerga taklif qilmadi»
— Ğarb naşrlari manbalari xabariga köra, toliblar sizga mamlakatni boşqaruvçi kengaşga kirişni taklif etişgan. Bu töğrimi?
— Hozirça heç narsa tasdiqlanmagan, bular faqat miş-miş, meni heç qayerga taklif etişmadi. Ammo mening qarşiligim, mening kuraşim va men yöllaydigan murojaat şundaki, özim uçun joy topiş yetarli emas, Afğoniston uçun yeçim topiş kerak. Çunki «Tolibon» oxir-oqibat öz hukumatini şakllantirsa, biz esa kuraşdan voz keçsak ham — bu Afğoniston uçun yeçim bölmaydi.
Biz ötmişdan kelib çiqib şuni tuşuntirişni istaymizki, boşqalarni inkor qilgan holda hukumat şakllantirib bölmaydi — bu iş bermaydi. Afğonistonga barça manfaatdor tomonlar iştirokidagi hukumat kerak va bu oldinga harakatlanişning yagona yölidir. Biz qilayotgan işlardan maqsad Afğonistondagi holatni körsatib, yeçim qanday bölişi va qanday qilib oldinga harakatlaniş mumkinligi haqida gapirmoqçimiz.
Asosiysi — inklyuzivlik. Agar hukumat barçaning iştirokida tuzilsa, biz kelajakka umid bilan qaraşimiz mumkin. Agar bunday bölib çiqmasa, bu davlat qurişga urinişdagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka aylanadi. Afğoniston yana muammolar örasiga tuşib qoladi, muammo yangi muammolarni tuğdiraveradi. Biz Afğonistonni qutqarmoqçimiz, biz afğonlarga eski xatolarni yana va yana takrorlamaslik uçun yordam körsatmoqçimiz. Afğonistonda davlat quriş mumkin, biz agar hamma özini hukumat tuzilişidagi iştirokini köradigan bölsa, bu işning imkoni borligini tuşuntirmoqçimiz.
— «Tolibon» yetakçilari bilan qandaydir aloqa örnatildimi?
— Ha, men ular bilan bir neça bor gaplaşdim. Men ularga qanday yeçim körayotganimni aytdim.
— Aynan kim bilan?
— Men rahbariyat bilan, harbiy va siyosiy rahbariyat vakillari bilan gaplaşdim.
— Siz «Tolibon» rahbarlari, şu jumladan harbiy rahbariyat bilan gaplaşganingizni aytmoqdasiz. Siz Abdulğani Birodar bilan ham gaplaşdingizmi?
— Hozirça yöq. Ammo bu muloqot tez orada röy berişi mumkin.
— Taklif qilişsa, kengaşga kirasizmi?
— Men öz odamlarim bilan gaplaşişim kerak, çunki buni men hal qilmayman. Men bu işlarning barçasini özim uçun qilmayapman.
Kiçik Ahmad Mas'ud 1989 yilda tuğilgan. U otasi, Şimoliy alyans rahbari Ahmad Şoh Mas'ud jurnalistlar qiyofasida qarorgohga kelgan ikki jangari tomonidan öldirilganida atigi 12 yoşda bölgan. Bu hujum «Al-Qoida»ning 2001 yil 11 sentyabrda AQŞda amalga oşirgan teraktlaridan ikki kun oldin sodir bölgan. 3 mingdan ortiq inson hayotiga zomin bölib, Amerika tarixidagi eng yirik teraktga aylangan bu voqealardan keyin AQŞ va uning ittifoqçilari Afğonistonga bostirib kirgan, bu mamlakatni 1996 yildan buyon boşqarib kelgan «Tolibon» «Al-Qoida» rahbarlariga boşpana bergandi. 20 yil ötib AQŞ va NATO Afğonistondagi kampaniyani yakunlab, harbiylarni Afğonistondan olib çiqdi, natijada mamlakatning deyarli butun hududi toliblar qöliga ötdi.
Ahmad Mas'ud Erondagi maktabda öqigan. Oliy ta'limni Buyuk Britaniyada olgan. Avvaliga bir yil Sandherstdagi Qirollik harbiy akademiyasida öqigan, keyin King`s College’da harbiy işlarni örgangan, keyin esa London şahar universitetida (City, University of London) xalqaro munosabatlarni örgangan.
Afğonistonga 2016 yilda qaytgan, 2019 yilda esa rasman otasining merosxöriga aylangan. Şu munosabat bilan Panjşer vodiysida tantanali marosim ötkazilgan.
Foto: Mohammad Ismail / Reuters
«Moskva yordam berişi mumkin»
— Rossiya rasmiylaridan kim bilandir aloqaga çiqdingizmi?
— Hozirça yöq. Ammo men umid qilamanki, bunga imkon böladi, çunki Rossiyada Afğonistondagi xavfsizlik holatidan, siyosiy vaziyatdan xavotirlar bor. Umid qilamanki, ular siyosiy aralaşuvga borişadi va zöravonlik avj olişining oldini olişga yordam berişadi. Ular ham bundan manfaatdor, çunki bu yerda ekstremistik mafkura yoyilsa, u butun Markaziy Osiyo va Rossiya janubida ham alanga oladi, natijada ekstremizm kuçayadi.
«Tolibon» Kobulni olganida dunyo böylab köplab guruhlar ularni tabriklaganini kördik va endi ular öz a'zolariga buni namuna sifatida körsatib, ular ham şunday natijalarga erişişlari mumkinligini aytişmoqda. Şunday ekan, bularning barçasi eskalatsiyaga, Markaziy Osiyoga kirişni yoki Rossiya janubidagi vaziyatni beqarorlaştirişni istovçi yangidan yangi terrorçilar paydo bölişiga olib keladi. Işonçim komilki, vaziyatga aralaşiş va bu yerda inklyuziv hukumat tuzişga kömaklaşiş — ularning manfaatlari doirasidagi iş.
— Rossiya faolroq bölişi kerak deganda nimani nazarda tutmoqdasiz?
— Men öylaymanki, Moskva biz va «Tolibon» örtasida favqulodda tinçlik muzokaralari ötkaziş va ularni bunga köndirişda yordam berişi mumkin. Bu ularning qölidan keladigan yordam.
«Biz izolyatsiyada yaşaşni istamaymiz»
— Nima uçun «Tolibon»ning boşqaruvi Afğoniston uçun töğri kelmaydi?
— Biz Afğoniston mintaqaviy derjavalar va dunyoning boşqa davlatlari tan olmaydigan davlat bölişini xohlamaymiz. Biz Afğoniston izolyatsiyada qolişini va bundan Afğoniston fuqarolari jabrlanişini xohlamaymiz. Biz Afğonistonda ham, uning taşqarisida ham bir-birimiz bilan döst bölib yaşaş imkonini bermaydigan hukumatni xohlamaymiz. Biz qarşilik körsatişimiz va yomon ssenariylar röy berişiga yöl qöymasligimiz uçun kuç beradigan qator savollar va xavotirlar bor.
Afsuski, «Tolibon»ning harakatlari ular inklyuzivlik, tolerantlik, inson huquqlari, ayollar huquqlari tarafdori emasligini, ular demokratik qadriyatlarga rozi emasligini körsatmoqda. Bular esa xalqaro hamjamiyat hukumatni tan olişi uçun muhim jihatlardir. Bu esa biz uçun muammo va biz buni qabul qila olmaymiz. Biz izolyatsiyada yaşaşni istamaymiz, biz mintaqa va dunyo bilan yaxşi munosabatlar örnata olmaydigan hukumatni qabul qila olmaymiz. Bundan taşqari, biz öz xalqining huquqlarini inkor etadigan hukumatni qabul qilişimiz mumkin emas.
— Inson huquqlariga rioya etilişi nuqtayi nazaridan, 1990-yillar bilan soliştirganda «Tolibon» özgarganmi?
— Ular özlarining özgarganliklari haqida aytişga urinişmoqda. Ammo, afsuski, aslida bundayligini körsatuvçi dalillar yöq. Qandahordan Ğazni va Kobulgaça vaziyat bir xil (sönggi hafta davomida Afğoniston böylab musiqa eşitişga qöyilgan taqiqlar, tinç namoyişçilarning öqqa tutilişi va Ğani hukumati davridagi harbiy boşliqlarning qatl qilinayotgani haqida xabarlar kelmoqda — RBK). Ular özgarmaganini isbotlovçi bir olam dalil bor. Ammo biz hamon umidvormiz. Biz ular faqat tilda emas, amalda ham özgarganliklarini namoyiş etişlarini istaymiz. Masalan, biz bilan muzokaralar ötkazişni. Ular barça manfaatdor tomonlar iştirokidagi hukumat xohlayotganliklarini, Afğonistonning kelgusi kartinasining töliq emas, bir qismi bölişni xohlaşlarini aytişini.
Foto: Reuters
— Özbeklar va Abdulraşid Döstum oilasi sizga qöşilgani haqidagi gaplar töğrimi?
— Bizning qarşilik harakatimiz oldiga qöyilgan vazifa faqat Panjşerni himoya qiliş emas. Biz butun Afğoniston va Panjşerni ifoda etamiz. Biz mamlakat nomidan qarşilik körsatamiz. Hozirda, afsuski, tinçlik, hududiy yaxlitlik, suverenitet, mustaqillik taqdiri boşqa mamlakatlar qölida. Men sönggi kunlarda Döstum bilan va boşqa yetakçilar bilan gaplaşdim, ular har tomonlama yordam körsatişga tayyorliklarini aytib juda ruhlantirişdi — ular har qanday holatda ham men bilan ekanliklarini izhor etişdi. Agar tinçlik muzokaralari boşlansa — bu yetakçilar va «Tolibon» örtasida ham tinçlik bölişi kerak, agar uruş bölsa — ular ham urişadi.
— Siz Tojikistondan yoki boşqa xorijiy davlatdan yordam olyapsizmi?
— Yöq. Biz qandaydir yordam yoki qurol olganimiz haqida köp miş-mişlar yuribdi. Ammo afsuski, bugungi kunda biror davlat afğon qarşilik harakatiga yordam körsatmadi. Bizda bori - şu vaqtgaça Afğoniston xalqida bölganlari.
— Siz özingiz sönggi kunlarda muloqot qilgan muxolifat yetakçilari haqida ayta olasizmi?
— Albatta, men marşal Abdulraşid Döstum, Ato Muhammad Nur, Ismoil Xon, Abdulla Rasul Sayyaf, Hazrat Ali va boşqalar bilan — ayni vaqtda Kobulda uy qamoğidagi kabi holatda bölgan Hamid Karzay, Abdulla Abdulla bilan gaplaşdim. Men juda köpçilik bilan muloqot qildim.
Abdulraşid Döstum — afğon marşali, etnik özbek, uşbu etnik ozçilikning mamlakatdagi yetakçisi. «Şimoliy alyans»ning sobiq qömondonlaridan biri. Hamid Karzay prezidentligi davrida, 2005 yildan 2008 yilga qadar Afğoniston qurolli kuçlari qömondonligi boş ştabi boşliği bölgan. Şundan keyin bir yillik iste'foga çiqqan, ammo tezda qaytgan. 2014 yilda, Aşraf Ğani prezidentligi davrida mamlakat vitse-prezidentligiga saylangan. Joriy yilning avgust oyi örtalarida toliblarning şiddatli hujumlari ostida Mozori Şarif himoyasini taşlab, Özbekiston hududiga çekingan.
Ato Muhammad Nur — afğon tojiklari yetakçisi, mamlakatning eng badavlat kişilaridan biri. Sovetlar bosqini vaqtida mujohidlar safida qarşilik harakatida iştirok etgan. Keyin «Şimoliy alyans»ning dala qömondoniga aylangan. 2004 yildan 2018 yilgaça Balx viloyati gubernatori lavozimini egallagan. Xuddi Döstum kabi 15 avgustga ötar keçasi toliblarning hujumi vaqtida Özbekistonga qoçib ötgan.
Ismoil Xon — afğon mujohidlarining sobiq dala qömondoni. «Şimoliy alyans»ning eng taniqli yetakçilaridan biri. 2001-2004 yillarda Hirot viloyatida gubernatorlik qilgan. Keyin 2013 yilga qadar mamlakat suv va energetika vaziri bölgan. 12 avgust kuni Hirot taslim bölgaç, Ismoil Xon toliblar tomoniga ötgani aytiladi.
Abdulla Rasul Sayyaf — u ham mujohidlarning dala qömondonlaridan biri bölgan. Sovet harbiylari Afğonistondan olib çiqilgaç, «Şimoliy alyans» safiga qöşilgan. 1996 yilda Usama Bin Lodinga Sudandan Afğonistonga kelişga yordam bergan, şu tufayli uni «Al-Qoida»ni mamlakatga olib kirgan şaxs deb hisoblaşadi.
Hazrat Ali — «Şimoliy alyans»ning sobiq dala qömondoni.
Hamid Karzay — 2001 yildan 2004 yilga qadar Afğoniston prezidenti vazifasini bajaruvçi. 2014 yilgaça mamlakatning saylangan prezidenti.
Abdulla Abdulla — kasbi şifokor. Dastlab Panjşer darasida mujohidlarning boş şifokori sifatida faoliyat körsatgan, keyin «Şimoli Alyans» nazorat qilgan hududlarda soğliqni saqlaş boşqarmasini boşqargan. 2001-2006 yillarda Afğoniston TIV rahbari bölgan. 2014 yildan 2020 yilga qadar boş vazirlik qilgan.
— Sizningça, Ğani rejimi nega bu qadar tez quladi?
— Sabablar köp, bu kutilgan edi. Men hukumatning özim taniş bölgan har bir vakili bilan gaplaşdim, barça xorijlik vakillar bilan ham gaplaşdim — elçilardan tortib amerikalik generallargaça va elçi Xalilzod [AQŞ prezidentining tinçlik muzokaralaridagi maxsus vakili] bilan ham Afğonistonning qurilişi, mamlakatda qanday siyosiy muammolar borligi xususida fikr almaşdim.
Foto: Mohammad Ismail / Reuters
Men amerikaliklar olib ketilgaç, Afğoniston bir neça oy emas, bir neça hafta ham turib bera olmasligini aytgandim. Ularning baholariga köra, hukumat ikki yilgaça saqlanib turişi kerak edi. Hatto men ham haq bölib çiqmadim. Bu şunçalik tez sodir bölişining sabablari — korrupsiya, xudbinlik siyosati hamda ular va xalq örtasidagi ulkan, vayronkor jarlik. Yana bitta sabab şundan iboratki, afğon armiyasi Amerikaning şartnoma asosidagi askarlari va uning kömagiga şunçalik uzoq vaqt davomida boğliq bölib kelganki, busiz u faoliyat yurita olmay qolgan. Ularning (amerikalik harbiylar — RBK) tez ketişi qöllab-quvvatlovda, ta'minotda va qömondonlikda vakuum hosil qilgan — va armiyada sarosimalik boşlangan, jangovar ruh tuşib ketgan va bularning barçasi şunday tartibsizliklarga olib keldi.
— Toliblar boşqaruvidagi davlatda yaşaşni istamaydigan lekin keta olmayotganlarni qanday himoya qiliş mumkin?
— Panjşer vodiysi — xavfsiz hudud. Xalqaro hamjamiyat, mintaqaviy derjavalar, şu jumladan Rossiya «Tolibon»ga bosim ötkazib, Afğonistonni tark etolmaganlar uçun bu hududni bufer zonaga aylantirişi mumkin. Bu tinçlik muzokaralari kerakli natijaga olib kelmagunça şunday odamlar qolişi mumkin bölgan erkin hudud bölib qolişi kerak. Ular bu yerda tinçlikda va hamjihat bölib yaşaşlari mumkin. Bu bizda mavjud variantlardan biri. Menimça, «Tolibon» odamlar ulardan nega qoçayotganini anglaşi kerak. Işonamanki, bu «Tolibon»ni uyğotuvçi signal bölişi kerak. Ular (toliblar — RBK) özgarişi kerak, odamlar qoçişni istamaydigan hukumat tuzişlari kerakligini tuşunişlari kerak. Odamlarning qoçişi ular juda qörqayotganini va hozirgi vaziyat ularga yoqmayotganini körsatadi.