Dunyodagi geroin xomaşyosining asosiy manbai bölgan Afğonistonda köknori yetiştiriş «Tolibon» taqiqidan ikki yil ötib 20 foizga oşdi. Şunga qaramay, bu taqiqqa qadar yetiştirilgan körsatkiçdan sezilarli darajada kam, deyiladi BMT hisobotida.

«Tolibon» 2022 yil aprelida köknori yetiştirişni taqiqlagan edi. Natijada, mamlakatda 2023 yilga kelib köknori yetiştiriş taxminan 95 foizga qisqardi. Joriy yilda esa bu turdagi giyohvand moddalar ekiladigan maydonlar 19 foizga oşdi (12,8 ming gektargaça), şuningdek, köknori ekiladigan hududlar Afğoniston markazidan mamlakatning janubi-ğarbiy hamda şimoli-şarqiy qismlariga köçdi.

«2024 yildagi ösişga qaramay, köknori maydonlari 2022 yilga nisbatan kam. Bundan ikki yil oldin ular 232 ming gektar hududda yetiştirilgan», — deya ta’kidlanadi BMTning giyohvandlik va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi hisobotida.

Qayd etilişiça, 2024 yilning birinçi yarmida quruq köknorining bir kilogrammini 730 dollar atrofida sotilgan — bu taqiqdan oldingi narxdan 100 dollarga qimmat. Ötgan yilgi hisobotda köknori narxi 408 dollargaça çiqqani aytilgan edi.

2023 yilda Afğonistonda yetiştirilgan köknorining qariyb yarmi Pokiston bilan çegaradoş janubi-ğarbiy viloyatlar hisobiga töğri kelgan bölsa, joriy yilda uşbu hududlar sezilarli darajada qisqargan. Turkmaniston, Özbekiston va Tojikiston bilan çegaradoş şimoli-şarqiy viloyatlarda esa ekin maydonlari 381 foizga oşib, 7563 gektarga yetgan.

Eslatib ötamiz, 2022 yil 3 aprel kuni «Tolibon» harakati Afğoniston hududi böylab köknori yetiştiriş va giyohvand moddalar işlab çiqarişni taqiqladi. Şuningdek, taqiq barça turdagi giyohvandlik vositalari va ularni öz içiga olgan tabletkalar yoki spirtli içimliklarni iste’mol qiliş, taşiş, sotiş, eksport va import qilişga taalluqli. Öşanda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev «Tolibon» muvaqqat hukumati tomonidan köknori yetiştiriş taqiqlanişini qöllab-quvvatlaşini bildirgan edi.