Jahon | 20:35 / 01.10.2023
33953
4 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada O‘qituvchilar kuni yo‘q

Bu voqeani aytib berarkanman, butun qalbim bilan bizning jamiyat ham bu darajaga yetishini istayman, o‘qituvchiga nisbatan munosabat shu darajada bo‘lishini, o‘qituvchi ham shunga munosib bo‘lishini.

Foto: Getty Images

Bir kuni yaponiyalik hamkasbim, muallim Yamamotadan so‘radim:

- Yaponiyada o‘qituvchilar kuni qachon nishonlanadi, uni qay tarzda nishonlaysizlar?

Yamamota savolimdan ajablanib, shunday javob berdi:

- Bizda umuman o‘qituvchilar kuni yo‘q.

Unga ishonish-ishonmaslikni bilmay qoldim. Miyamga bir fikr keldi: "Iqtisodiyot, fan va texnika rivojlangan mamlakat nega o‘qituvchiga, uning mehnatiga bu qadar hurmatsizlik bilan munosabatda ekan-a?" Biroq...

Ishdan keyin Yamamota meni mehmondorchilikka uyga taklif qildi. U maktabdan uzoqda yashaganligi sababli biz metroda ketdik. Kechki "tig‘iz vaqt" bo‘lgani uchun, metro vagonlari odamlarga to‘la edi. Tiqilinchdan biroz siqilgancha, tutqichdan mahkam ushlab turdim. To‘satdan yonimda o‘tirgan otaxon menga joy berdi. Qari insonning bu qadar hurmati munosabatini tushuna olmay, men uning taklifini qabul qila olmas edim. Lekin u nihoyatda qat’iy turgani uchun, o‘tirishga majbur bo‘ldim.

Metrodan chiqqandan so‘ng men Yamamotadan oqsoqolning ushbu hatti-harakatini tushuntirib berishini so‘radim. Yamamota tabassum qildi va mening muallimlik ko‘krak nishonimga ishora qilib, shunday dedi:

- Bu qariya sizning muallimlik nishoningizni ko‘rdi va maqomingizga hurmat belgisi sifatida o‘z o‘rnini sizga bo‘shatdi.

Muallim Yamamotaning xonadoniga ilk bor tashrif buyuryotganim sababli quruq qo‘l bilan borish biroz noqulay edi, va men biror sovg‘a sotib olishga qaror qildim. Men Yamamotaga ushbu qarorimni bayon qilganimda, u meni qo‘llab-quvvatlab, oldinda o‘qituvchilar uchun do‘kon borligini, u yerda men arzon narxlarda mahsulot sotib olishim mumkinligini aytdi. Men yana hissiyotlarimni yashira olmay:

- Imtiyozlar faqat o‘qituvchilarga beriladimi? - deb so‘radim.

Yamamota mening so‘zlarimni tasdiqlab, shunday dedi:

- Yaponiyada o‘qituvchi – eng hurmatli kasb, eng hurmatli inson. Yaponiyalik tadbirkorlar do‘konlariga o‘qituvchilar kirsa juda xursand bo‘lishadi va buni o‘zlari uchun katta sharaf deb bilishadi.

Yaponiyada bo‘lgan vaqtlarimda, men bir necha bor yaponlarning o‘qituvchilarga qay darajada hurmat ko‘rsatishlariga guvoh bo‘ldim. Metroda ular uchun alohida joylar mavjud, ular uchun alohida do‘konlar ochilgan, o‘qituvchilar har qanday transport turiga chipta olish uchun navbatda turishmaydi. Hayotining har bir kuni bayramdek bo‘lganidan keyin, nega endi yapon o‘qituvchilariga alohida bayram kerak?

Ushbu voqeani so‘zlar ekanman, men butun qalbim bilan bizning jamiyatimiz ham ustozlarga yuksak darajada munosabatda va o‘qituvchilar ham bunday yuqori martabaga munosib bo‘ladigan darajaga erishishini istar edim...

Rasmda: Urushdan keyin Yaponiyada ta’lim deyarli boshpanasiz bo‘lgan. Dars jarayonida asosiy diqqat o‘qituvchiga va darslikka qaratilgan.

Rustam Bisenev

Mavzuga oid