Yaponiyaning Subaru kosmik teleskopi uçta halqaga ega noyob galaktikani aniqladi, deb xabar beradi Live Science. Milliy astronomik observatoriyaga köra, Gavayidagi Mauna-Kea orolidan turib olingan suratda Yerdan 800 million yoruğlik yili uzoqlikdagi obekt tasvirlangan.
Astronomiya uzoq vaqtdan beri galaktikalarni elliptik, linzasimon, spiral va tartibsiz toifalarga ajratgan bölsa-da, bu uç halqali tuzilma odatiy toifalarga kirmaydi. Olimlar halqasimon galaktikalarning paydo bölişiga oid farazlarni ilgari surib, ular yulduzlararo gazning halqalarda töplanişiga olib keladigan galaktik töqnaşuvlar yoki rezonans hodisalari natijasida hosil bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Galaxy Cruise loyihasi jamoatçilikni Subaru teleskopi tasvirlarini tasniflaşga jalb qiliş orqali bu kabi noodatiy galaktikalarni örganişda davom etadi.
Olimlar yaxşilab örganişlar uçta halqaga ega galaktika bir yoki bir neçta töqnaşuvlar natijasida paydo bölgani yoki hozirça noma’lum boşqa biror hodisa sabab yuzaga kelganini aniqlaşga xizmat qilişiga umid bildirmoqda.
Avvalroq Yevropa kosmik agentligining (EKA) «Yevklid» kosmik teleskopi millionlab yulduz va galaktikalar tasvirlangan koinot xaritasining bir qismini yaratişda astronomlarga yordam bergandi.

















