"Pomidorlarimiz ikkilamchi issiqlik yordamida yetishtiriladi" - Namanganlik tadbirkor
Namanganlik Muhammadjon Egamberdiyev issiqxonada pomidor yetishtiradi. Uning issiqxonasi o‘ziga xos usulda isitiladi.
Muhammadjon aka aslida metallni qayta quyish va unga ishlov berish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
«Rangli metallarni eritish pechi bo‘ladi, shu pechning yonidan chiqib ketayotgan issiqlikni ko‘rib yuragim g‘ash bo‘lardi. Shunaqa ko‘p miqdordagi gaz, ikkinchi marta foydalanish mumkin bo‘lgan issiqlik havoga chiqib ketardi. Soha mutaxassislari bilan maslahatlashib taklifimni aytdim, ma'qul keldi. Ularning yordami bilan loyiha qildik.
Ikkilamchi issiqlikdan foydalanib, issiqxona tashkilladik. Ham metall eritib olamiz, ham chiqayotgan gazni issiqxonaga beramiz», — deydi tadbirkor.
Muhammadjon aka issiqxonada pomidorning adriatika navini yetishtirmoqda. U yerda 15 dan ortiq ishchi mehnat qiladi.
Tadbirkor 1,2 gektar yeridan 140 mln atrofida daromad olish niyatida.
Mavzuga oid
20:11 / 19.12.2024
Xalq iste’dodi, vaqti va imkoniyatlarini yo‘qotayotgan muammo
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
21:12 / 14.12.2024
Toshkent viloyatida 649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
10:21 / 14.12.2024