Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatida töqimaçilik texnoparkini taşkil qiliş va u yerga Yevropaning taniqli brendlarini olib keliş böyiça topşiriq berdi.

«Qaşqadaryo respublikada eng köp don va paxta yetkazib beradi.

Lekin viloyatda iş örnini köp yaratadigan mato töqiş 30 foizdan oşmaydi, matoni böyaş yölga qöyilmagan. Vaholanki, buni hisobidan qöşimça 60 ming yoşlar va ayollarni band qilib, 500 milliard söm tuşumni ta’minlaş mumkin.

Şu bois kelgusi yil davomida viloyatda 370 million dollarlik 33 ta yirik loyiha işga tuşiriladi. Bu orqali tayyor trikotaj mahsulot işlab çiqariş 1,6 barobar, mato işlab çiqariş 3,1 barobar oşib, 8 mingta iş örni yaratiladi.

Viloyatda Töqimaçilik texnoparkini taşkil qiliş va u yerga Yevropaning taniqli brendlarini olib keliş topşirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident bu yilgi mavsumdan töğri saboqlar çiqarib, qişloq xöjaligidagi yondaşuvlarni ham özgartiriş vaqti kelganini körsatib ötdi hamda hozirda kelgusi yildan boşlab fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlaş hamda hosilning şartnomadan ortiqça qismini erkin sotiş imkoniyatini beriş masalasi muhokama qilinayotganini aytdi.

Kelgusi yilda Qaşqadaryoda ekin maydonlarining agrokimyoviy tuproq tahlilini ötkazadigan 10 ta mobil laboratoriya taşkil qilinadigan böldi. 

Yana bir masala – viloyatda 1,4 million gektar yaylov bor. Bu – 7 million boş qoramol va quy-eçki uçun tabiiy ozuqa bazasi.

Lekin, Mirişkor, Muborak va Nişonda 20 foiz yaylov degradatsiyaga uçragan, yana 25 foizida yaşil qoplama yöq.

Şu bois, kelgusi yilda 100 ming gektar yaylovni yaşil ekinlar bilan qoplaş dasturini amalga oşiriş vazifasi qöyildi. 

Bunda qurğoqçilik, issiq va çöllanişga qarşi uruğçilik xöjaliklari taşkil qilinadi, meva-sabzavot va dorivor ösimliklar ekiladi, köp yillik daraxtzorlar barpo qilinadi, suv tejovçi texnologiyalar joriy etiladi hamda quyoş energiyasida işlaydigan nasoslar örnatilib, yomğirlatib suğoriş pilot loyihasi işga tuşiriladi.

Bundan taşqari, Çorva mollari genetik tadqiqoti laboratoriyasi taşkil qilinib, Ispaniyaning «Assaf» qöylaridan yangi milliy zotlar köpaytiriladi.

Mutasaddilarga 1,4 million gektar yaylovning elektron xaritasini yaratiş va 100 ming aholini band qiliş böyiça topşiriqlar berildi.

Prezident ekinlarni suv bilan ta’minlaş masalasi yildan yilga tobora qiyinlaşib borayotganiga e’tibor qaratdi. Bu muammo Qaşqadaryo uçun ayniqsa dolzarb.

Lekin suv tejovçi texnologiyalar 515 ming gektardan atigi 16 foizida joriy qilingan.

Suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş sur’ati Kitob, Çiroqçi, Kasbi va Nişonda orqada. Koson, Mirişkor, Kasbi va Nişonda yerni lazerli tekislaşga e’tibor berilmayapti.

Şu bois, viloyatga 15 ta lazerli tekislaş texnikasi olib kelinib, suv ta’minoti oğir Koson, Mirişkor, Kasbi va Nişonda dehqonlarga arzon va sifatli xizmat körsatiş yölga qöyiladi.

Suğoriş tarmoğini bosqiçma-bosqiç yopiq tizimga ötkazib, 30 foiz suvni tejaş mumkinligi körsatib ötildi.

Şu munosabat bilan mutasaddilarga 50 kilometr kanallarni betonlaş loyihasini boşlaş, qöşimça nasos va texnika oliş, Paxtaobod kanalini modernizatsiya qiliş böyiça topşiriqlar berildi.