6 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidan ötgan dovon yölida Cobalt rusumli avtomobilni yirik hajmdagi toş bosib qoldi.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabariga köra, yölda harakat vaqtinça töxtatilgan.
«Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidan ötgan Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi M-39 avtomobil yölining 1138-kilometrida sodir bölgan baxtsiz hodisa sababli Taxtiqoraça dovonida transportlar harakati vaqtinça töxtatildi», deyilgan xabarda.
Maşina Kitob tumanidan Samarqand şahri tomon harakatlanayotgan bölgan.
Dovon qayta oçilişi haqida qöşimça ma’lumot berilişi aytilgan.
Kun.uz manbalariga köra, fojia oqibatida 3 kişi vafot etgan. Qurbonlar soni köproq bölişi ham mumkin.

Ayni vaqtda FVV kuçlari toşni suriş işlari bilan şuğullanmoqda.












