O‘zbekistonda ikkita milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yuqori To‘palang hamda Bobotog‘ milliy tabiat bog‘lari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Surxondaryo viloyatida Yuqori To‘palang hamda Bobotog‘ milliy tabiat bog‘lari tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlarda noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi turlari, o‘rmon resurslarini muhofaza qilish, ularni takror ko‘paytirish, qayta tiklash hamda Surxondaryo viloyati tog‘ va tog‘oldi hududida ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsad qilingan.
Tabiat bog‘lariga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni, tabiat bog‘larining qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari, tabiat bog‘lari ijro etuvchi apparatining tuzilmasi tasdiqlanadi.
Yuqori To‘palang hamda Bobotog‘ milliy tabiat bog‘lari faoliyatini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq belgilangan shartlarga asosan amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi.
Mavzuga oid
11:40 / 28.12.2024
Surxondaryoda 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgan ayol aniqlandi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024