“Surxondaryo viloyatining toğli-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxşilaş hamda zamonaviy xizmat körsatiş va turizm obektlarini barpo etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, quyidagilar taşkil etiladi:

  • Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar bölgan yer uçastkasida “Omonxona” turistik markazi;
  • Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar bölgan yer uçastkasida “Sangardak” turistik markazi;
  • Jarqörğon tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirğoq böyi hududidagi 110 gektar yer uçastkasida “Obihayot” turistik markazi;
  • “Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlarini rivojlantiriş va boşqariş uçun davlat muassasasi şaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantiriş va boşqariş direksiyasi.

Turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun möljallangan böş yer uçastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025–2027 yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat körsatiş majmualari va dam oliş maskanlarini quriş maqsadida böş yer uçastkalari 10 yil muddatda teng uluşlarda bölib-bölib tölaş şarti bilan elektron onlayn auksion savdolariga çiqariladi.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning sentabrida Özbekiston prezidentining «Qaşqadaryo viloyatining toğli-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat körsatiş va turizm obektlarini barpo etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingandi.