Rossiya Markaziy banki oltinga o‘zgarmas narx belgiladi
Rossiya regulyatori 2022 yil 28 martdan 30 iyunga qadar oltin uchun o‘zgarmas narx joriy qildi: 1 gramm uchun 5000 rubl.
Rossiya Markaziy banki kredit tashkilotlaridan sotib olinadigan oltin uchun o‘zgarmas narx belgiladi.
«Qimmatbaho metallar ichki bozorida talab va taklif muvozanatini ta’minlash maqsadida Rossiya Markaziy banki joriy yilning 28 martidan boshlab kredit tashkilotlaridan oltinni qat’iy belgilangan narxda sotib oladi. 2022 yil 28 martdan 30 iyunga qadar narx 1 gramm uchun 5000 rublni tashkil qiladi.
Belgilangan narx darajasi oltinning barqaror ta’minoti va oltin qazib olish sanoati uzluksiz ishlashini ta’minlash imkonini beradi. Ko‘zda tutilgan muddatdan keyin oltin sotib olish bahosi ichki bozorda talab va taklif balansini hisobga olgan holda shakllantirilishi mumkin», deyiladi Rossiya regulyatori bayonotida.
Avvalroq, Rossiya Markaziy banki tomonidan 10 martdan 10 sentyabrga qadar rezident yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga o‘z hisobvaraqlaridan 5 ming dollardan ortiq miqdorda naqd valuta (dollar, iyena, funt sterling, yevro) yechib olishga cheklov joriy qilingandi. Shuningdek, iqtisodiy sanksiyalar kiritilgani sababli mamlakatning suveren qarzi va Markaziy banki aktivlari ham cheklovga tushgan. Rossiya xalqaro rezervlardagi 643 mlrd dollar mablag‘ining 150–200 mlrd dollaridan foydalanishi mumkin.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024