O‘zbekiston | 20:37 / 01.09.2021
62160
3 daqiqa o‘qiladi

Ovqatlanish korxonalariga imtiyozlar, taksichilikka yangi tartib – 1 sentyabrdan soliqda nima yangiliklar bo‘ladi?

1 sentyabrdan boshlab soliq tizimida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Xususan, ayrim sohalarga imtiyozlar kuchga kiradi.

Davlat soliq qo‘mitasi 1 sentyabrdan soliq tizimida kuchga kiradigan o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi.

Taksichilikka yangi tartib joriy qilinadi

  • 1 sentyabrdan boshlab yakka tartibda tashuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undiriladi (davlat bojidan 2021 yil 1 sentyabrgacha ozod etilgandi)
  • Shuningdek, yakka tartibdagi tashuvchilar o‘z faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi;
  • (bunda agregatorlar – yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub'yektlari hisoblanadi)

Umumiy ovqatlanish va turizm korxonalariga soliq imtiyozlari beriladi:

- 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi.

- 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda

- aylanmadan olinadigan soliq;

- foyda solig‘i;

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i;

- yig‘imlar bo‘yicha 2021 yil 15 avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Tadbirkorlik sub'yektlari uchun “E-ombor” tizimi ishga tushadi

“E-aktiv (E-ombor)” axborot tizimi tadbirkorlik sub'yektiga mahsulotlar kirimi va qoldig‘i hisobini onlayn yuritish va kuzatib borish imkonini beradi.

Shuningdek, tizimda tovarlar uchun bir yoki bir nechta ombor yaratish, “tovarlar kirimi” va “tovarlar chiqimi” bo‘limlari orqali ularni ombordan omborga olib o‘tish mumkin.

“E-aktiv (E-ombor)” tizimining EHF tizimiga integratsiya qilinganligi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan kirim qilinmagan tovarlarni sotish bo‘yicha EHF rasmiylashtirish holatlariga chek qo‘yadi.

Realizatsiya jarayonida EHFlarda MXIKlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiqligini hamda barcha shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlaydi.

Avvalroq, joriy yilda soliq tushumlari 31,9 foizga ko‘paygani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid