Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2021 yilning kutilayotgan makroiqtisodiy körsatkiçlari, 2022-2024 yillarga möljallangan makroiqtisodiy prognozlar, 2022 yil uçun Davlat budjetining loyihasi muhokama qilindi.

ÖzA xabariga köra, dastlabki statistik ma'lumotlar joriy yilning 9 oylik yakunlari bilan respublikada yalpi içki mahsulot 6,9 foizga ösganini körsatmoqda.

Joriy yil yakuni böyiça YaIM ösişi 6,5-7 foiz atrofida bölişi, bunda sanoatda işlab çiqariş hajmi – 9,1, quriliş işlari hajmi – 6,6, xizmatlar sohasi – 8,6 va qişloq xöjaligi – 2,8 foizga köpayişi kutilmoqda.

Mamlakatning örta muddatli makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozining asosiy ssenariysida kelgusi beş yilda YaIMning örtaça ösiş sur'ati 6,5 foizda bölişi prognoz qilingan.

Xususan, 2022 yilda YaIMning 5,9 foizga ösişi, kelgusi yillarda esa ösiş sur'atlarining bundan yuqori bölişi hisob-kitob qilingan.

Hukumat oldida 2026 yilga borib aholi jon boşiga töğri keladigan YaIM miqdorini 2 800 dollarga yetkaziş va 2030 yilga borib esa 4000 dollardan oşiriş va örta daromadli mamlakatlarning yuqori guruhiga kiriş vazifasi turibdi.

“Majlis davomida buni faqatgina belgilab olingan tarkibiy islohotlarni keçiktirmasdan, tölaqonli amalga oşiriş orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini va işlab çiqariş unumdorligini östiriş bilangina ta'minlaş mumkinligiga alohida urğu berildi. Islohotlarni amalga oşirişga mas'ul bölgan vazirlik va idoralar rahbarlarining faoliyatiga tanqidiy baho berildi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qoliş, xususan, inflatsiya darajasini 2022 yilda 9 foiz