14:30 / 22.03.2019
70857

Yangi Zelandiyada masjidlarga hujum qilgan terrorchi bir umrga qamaladi  

Foto: REUTERS / Mark Mitchell/New Zealand Herald/Pool

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga hujum qilgan terrorchi bir umrga qamaladi, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Uinston Piters.

"Bu barchamizga qaratilgan hujumdir. Shu bois mamlakat tarixidagi eng yirik politsiya tergovi olib borilmoqda. Terrorchi umrining qolgan qismini bir kishilik kamerada o‘tkazadi", - dedi Piters Istanbulda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasining favqulodda yig‘ilishida.

Foto: AP Photo/Emrah Gurel

15 mart, juma kuni Kraystcherchdagi ikkita masjidga uyushtirilgan hujum oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohatlandi. Mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern ushbu voqeani terakt deb atadi. Avstraliyalik 28 yoshli Brenton Tarrant ushbu jinoyatni amalga oshirishda ayblanib qo‘lga olindi.

Mavzuga oid
Top