Davom etayotgan xalqaro inqirozlar fonida Germaniyada terroristik hujumlar xavfi va antisemitizm kuçaymoqda. Konstitutsiyani himoya qiliş federal idorasi (BfV) 22 aprel, duşanba kuni Yaqin Şarqdagi mojaro kuçayişi va Rossiya Federatsiyasining göyoki diversiyani rejalaştirayotgan harakatlari tufayli mamlakatdagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat keskinlaşgani haqida ogohlantirdi. 

«Içkarida va xorijda buzğunçi kuçlar demokratiyamiz va davlatimizni beqarorlaştiriş uçun faol harakat qilmoqda, bunda ular barça vositalarni qöllayapti: josuslik va kiberhujumlar, ta’sirni kuçaytiriş va dezinformatsiya, sabotaj, şuningdek, davlat terrorizmi», - deya ma’lum qildi Germaniya razvedka xizmati rahbari Tomas Xaldenvang idorasi tomonidan xalqaro inqirozlarning xavfsizlikka ta’siri böyiça taşkil etilgan simpoziumda. 

Uning sözlariga köra, xalqaro inqirozlar Germaniyaga bevosita ta’sir qiladi. BfV hozirda turli sohalarda şunday köp sonli hodisalar bilan şuğullanmoqdaki, bu «köp yillar davomida boşqarma tarixida kuzatilmagan», dedi kontrrazvedka xizmati rahbari. 

Davlatlar tomonidan diversiya tahdidi sezilarli darajada oşdi 

Razvedka xizmati xorijiy davlatlar tomonidan diversiyalar xavfini «sezilarli darajada oşgan» deb baholaydi. Xoldenvangning fikriça, Rossiya Ukrainaga qarşi uruş borişiga munosabat sifatida Germaniyada qöporuvçilik harakatlari sodir etişi mumkin. 

U Yevroparlamentga saylovlar va Germaniyaning ayrim federal yerlarida mintaqaviy saylovlar arafasida Rossiya ovoz beriş natijalariga ta’sir ötkazişga harakat qilişini istisno etmadi. Şu bilan birga, u jamiyatni parçalaşga va öng qanotdagi kuçlarni kuçaytirişga intilyapti. BfV rahbari ötgan haftada Germaniyaning Ukrainani qöllab-quvvatlaşiga qarşi diversiya uçun potensial nişonlarni qidirişda gumon qilinayotgan asli kelib çiqiş rossiyalik bölgan ikki nemisning qölga olinganiga işora qildi. 

Bavariyada qöporuvçilikka tayyorgarlik körişda gumonlanganlar uşlandi 

17 aprel kuni Bayroyt politsiyasi Rossiya maxsus xizmatlari körsatmasi asosida Germaniyada qöporuvçilikka tayyorgarlik körişda gumon qilingan ikki kişini qölga oldi. Uşlanganlar AQŞning Germaniyadagi harbiy obektlarini kuzatgan va harbiy maqsadlarda foydalaniladigan transport yöllariga hujum sodir etişga tayyorgarlik körgan, deya ta’kidlaydi Der Spiegel jurnali va ARD media-kompaniyasi. Germaniya boş prokurorining sözlariga köra, iş böyiça ayblanuvçilar, xususan, «Germaniyaning Ukrainaga körsatayotgan harbiy yordamiga putur yetkazmoqçi bölgan». 

Ertasi kuni Rossiyaning Germaniyadagi elçisi Sergey Neçayev Germaniya taşqi işlar vazirligiga çaqirildi. Diplomatga bunday xatti-harakatlardan tiyiliş kerakligi aniq aytildi, dedi idora vakili. Öz navbatida, Rossiya tomoni ikki davlat örtasidagi munosabatlarni buzişga qaratilgan «provokatsiya» töğrisida ma’lum qildi va «Rossiyaga qarşi har qanday nodöstona harakatlar oqibatsiz qolmasligini» bildirdi.