31 yanvar kuni Boqiy Buxoro madaniy-etnografik parki barpo etilişi yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Viloyat hokimligi Wyndham Bukhara mehmonxonasi majlislar zalidagi anjuman haqida tadbir boşlanişidan 30 daqiqa oldin e’lon berdi.

Anjumanda viloyat hokimi Botir Zaripov boşçiligidagi mutasaddilar iştirok etdi.

Eslatib ötamiz, 2023 yil yanvar oyida jamoatçilik Buxoro şahri markazida turistik majmua qurilişidan xabar topgan edi. Loyihaga köra, buning uçun Ibrohim Möminov, Hamza va Xofiz Toniş köçalari kesişmasida joylaşgan 32,6 gektar hududdagi binolar, xususan markaziy stadion ham buzib taşlanişi közda tutilgandi.

Öz navbatida, Buxoroning yangi ma’muriy markazi Gulçorboğ va Otbozor mahallalari hududida tanlangan 1000 gektar yerda qurilişi, unga davlat taşkilotlari joylaştirilişi kerak edi. Jamoatçilik e’tirozlaridan keyin turistik markaz loyihasi töxtatilgandi.

Bugun, 31 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qilinişiça, loyiha dastlabki rejalaştirilgan hududda – Buxoro şahar markazidagi 32,6 gektar hududda quriladi. Bu yerda joylaşgan davlat obektlari esa “Bukhara city” hududiga köçirilib, ma’muriy markaz barpo etiladi.

32,6 gektar yer uçastkasini sotişdan tuşgan mablağlar alohida ğazna hisobiga yönaltirilib, yangi ma’muriy markaz qurilişiga sarflanadi.

Bukhara City'da quriladigan ma’muriy markaz loyihasi

Buxoro xalqaro aeroportining yölovçi taşiş quvvati körib çiqilib, yangi aeroport sifatida qad kötaradi. Bu davlat xususiy şerikçilik asosida amalga oşiriladi. Loyihaning barça yönalişlariga xorijiy investor mablağlari sarflanadi.

Yangi Buxoro xalqaro aeroporti loyihasi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov turizm şaharçasi uçun tanlangan hudud turistlar uçun “eng qulay” joy ekanini aytdi.