Valuta kursining o‘zgarishi O‘zbekiston tashqi qarzlarini to‘lashga qanday ta'sir qiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Tadbirda ma'lum qilinishicha, valuta kursining o‘zgarishi O‘zbekistonning tashqi qarzlarini to‘lashga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
“Valuta kursida doimo kuchsiz tebranishlar kuzatilib turadi. Bu tabiiy hol, iqtisodiy sharoitlarga moslashishga yordam beradi. Kursda kuchayish yoki devalvatsiya bo‘lsa, bu inflyatsion turg‘unlikni keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonning tashqi qarzi YaIMning 20 foiziga teng. Bu dunyo bo‘yicha past ko‘rsatkichlardan biri. Boshqa davlatlarda tashqi qarz YaIMning 60 foizigacha yetishini ko‘rish mumkin. Shuningdek, davlat tashqi qarzlarining 90 foizdan ortig‘i 10 yildan uzoq muddatga olinganini ham inobatga olish kerak.
Hozirda O‘zbekistonning tashqi qarzi 20 mlrd dollarga yaqin. Buning 7 mlrd dollarini banklardan olib kirilgan investitsiya liniyalari, 8 mlrd dollarini esa qo‘shma tashkilotlardagi asosiy korxonadan sho‘'ba korxonaga kiritilgan mablag‘lar tashkil etadi”, - dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.
Mavzuga oid
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
23:37 / 23.10.2024
O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamaydi - Markaziy bank
20:06 / 18.10.2024