Kelgusi yilda energetika resurslari narxlarning qimmatlaşişi umumiy inflatsiyaga 1,5-1,8 punktga ta’sir qilişi mumkin. Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurodov 31 oktabr kungi matbuot anjumanida aytib ötdi.
Regulyator raisiga gaz, neft kabi mahsulotlarni import qilişda Rossiyaga qaramlikning oşib borayotgani va buning içki bozordagi narxlarga ta’siri qanday bölişi haqida savol berildi.
«May oyida energiya resurslar narxlari oşirilişining inflatsiyaga ta’sirini 4,2 foiz kutgan edik, amalda 3,9 foiz böldi. Kelgusi yilda narxlarning oşişi 1,5-1,8 punktga ta’sir qilişini inobatga olyapmiz.
Importning bitta davlat yoki boşqa davlatga boğliqligiga keladigan bölsak, biz uçun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelib, içki bozorda qanaqa narxda şakllanişi. Ha, albatta, savolingiz töğri va örinli. Bitta yetkazib beruvçi bilan boğliqlik ma’lum jihatdan logistikada yoki boşqa joydagi uzilişlar içki bozordagi narxlarga ta’sir qiladi. Biz bu kabi xatarni inobatga olişga harakat qilganmiz. Hukumatga ham import parametrlari şakllanayotganda qaraşlarimiz va fikrlarimizni kiritganmiz. Albatta, bitta sub’yektga boğlaniş ma’lum bir xatarlarni tuğdiradi, bu bor narsa», dedi Mamarizo Nurmurodov.
Avvalroq, joriy yilning 9 oyida Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga yetib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga köpaygani xabar qilingandi.







