09:50 / 27.05.2018
30829

Karvaxalga tashxis qo‘yildi - u jahon chempionatiga bora olmaydi

«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal YeChL finalida «Liverpul»ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, ushbu ispaniyalik futbolchiga tashxis qo‘yilgan, uning belining o‘ng qismida mushaklar shikastlangan. Bunday jarohat tufayli, futbolchi 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi.

Ikki yil muqaddam Karvaxal YeChL finalida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha 5:3) shunday jarohat olgan va Yevro-2016 turniriga bora olmagandi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top