Madridliklar klubi matbuot xizmati xabar berişiça, taşxis natijalariga köra futbolçining öng oyoği kiçik boldir suyagi darz ketgani aniqlangan.
Ayni vaqtda u qança vaqtga safdan çiqqani ma'lum emas. Lekin u Çempionlar Ligasining 1/8 finalidan örin olgan «Mançester Siti»ga qarşi öyinni (26 fevral, 17 mart), şuningdek, Primeraning navbatdagi turida «Barselona»ga qarşi keçadigan öyinni (1 mart) ötkazib yuborişi aniq.
AS manbasi ma'lumotiga köra, Azar kamida ikki oy futbol öynay olmaydi.
Eslatib ötamiz, Azar 2019 yilning noyabr oyida YeÇL guruh bosqiçi doirasida «PSJ»ga qarşi öyinda (2:2) jarohat olgan va uç oy davomida jamoasiga yordam bera olmagandi. U fevral oyining ikkinçi qismida safga qaytgan, «Levante»ga qarşi öyin Eden uçun qaytişidan keyingi ikkinçi uçraşuv edi.
Ötgan yil yozida «Çelsi»dan transfer qilingan futbolçi, Ispaniya çempionatining joriy mavsumida atigi 10 öyinda iştirok etdi va 1ta gol urdi.












