14:59 / 10.08.2018
5874

Xitoyda kuchli yomg‘ir tufayli sakkiz kishi halok bo‘ldi

Foto: CGTN

Xitoyning Gansu provinsiyasida kuchli yomg‘irlar tufayli sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
  
Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, Bayin tumanida kuchli yog‘ingarchilik suv toshqini va uylarning vayron bo‘lishiga olib keldi.

Ta'kidlanishicha, ko‘plab avtomobillar suv oqimlari bilan oqizib ketilgan.

Hozirgi paytda favqulodda xizmatlar provinsiya hududida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlarni qidirish bilan band.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Chuntsin shahrida 100 mingdan ziyod odam suv toshqinlari oqibatida evakuatsiya qilinganligi xabar berilgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, mahalliy ma'muriyat to‘g‘onlar ishining favqulodda rejimini joriy etgan, bu esa suv sathining pasayishi, shuningdek, suv toshqinidan zararni kamaytirishga olib kelishi kerak edi.

Mavzuga oid
Top