Rio-de-Janeyroda kuçli yomğir va suv toşqini oqibatida kamida ön bir kişi halok böldi. Favqulodda xizmatlar bu ma’lumotni 14 yanvar, yakşanba kuni taqdim etdi.
Öt öçiriş xizmati ma’lum qilişiça, Braziliyaning ikkinçi yirik şahri şimoli eng köp zarar körgan. Odamlar köçki, elektr toki urişi yoki çökib ketiş natijasida halok bölgan. Bir ayol maşinasi daryoga qulaganidan keyin bedarak yöqolgan.
Rio-de-Janeyroning ba’zi qismlarida bir kunda yanvar oyining barça oldingi kunlariga qaraganda köproq yomğir yoğdi. Şaharning ba’zi markaziy köçalari suv ostida qoldi, suv esa avtomobillarning tomigaça yetib keldi. Jamoat transporti harakati işdan çiqqan.
Köçki xavfi saqlanib qolmoqda
Şahar meri Eduardo Payes odamlarni uyda qolişga hamda qutqaruv va tiklaş işlariga xalaqit bermaslikka çaqirdi. Şaharda favqulodda holat e’lon qilindi. Prezident Luiz Inasio Lula da Silva hukumati Rio-de-Janeyroga federal yordam taklif qildi. Braziliya rasmiylariga köra, ştatning sakkiz şahrida köçki xavfi saqlanib qolmoqda.













