11:13 / 10.01.2019
7637

Olga Zabelinskaya Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi

Foto: MOQ axborot xizmati

Indoneziyaning Jakarta shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etmoqdalar. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida 70 ochko to‘pladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Xuan Ting Ing (Tayvan, 22 ochko) va Jan Ying (Xitoy, 15 ochko)ga nasib qildi.

Ma'lumot uchun, ushbu muvaffaqiyat Zabelinskayaga oltin medaldan tashqari, Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun lozim bo‘lgan qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etdi.

Mavzuga oid
Top