Velosport böyiça Özbekiston jamoasi özini yaxşi körsatdi va delegatsiya umumiy jamğarmasi uçun hozirça eng köp medallarni taqdim etdi. Ular hisobida 11ta medal mavjud — 3ta oltin, 4ta kumuş va 4ta bronza.
Islom birdamlik öyinlarini aynan velosportçilar öz çiqişlari bilan oçib berişdi va Özbekiston ilk medalni ham aynan şu sport turida qölga kiritdi.
Trek dasturi skretç guruh poygasida iştirok etgan Sofiya Karimova «Kolumb» vazifasini bajardi — u bronza medalini qölga kiritdi. Keyin trekdagi yakkalik dasturida Yanina Kuskova 2-öringa sazovor bölib, jamğarmaga ilk kumuş medalni qöşib qöydi. Xuddi şu dasturda erkaklar örtasidagi poygada Aleksey Fomovskiy bronza medaliga sazovor böldi.

Ayollar örtasida oçkolar böyiça guruh poygasida şohsupaning birdaniga ikkita örni özbekistonlik sportçilarga nasib etdi. Olga Zabelinskaya eng yaxşi natija qayd etib, oltin medalni qölga kiritdi, Yanina Kuskova esa jamoaga yana bir kumuş medal keltirdi.
Trekdagi musobaqaning törtinçi va oxirgi kunida velosportçilar yana bir bronzani taqdim etişdi. 4ta dasturdan iborat bölgan omnium poygalari natijalariga köra, Aleksey Fomovskiy bronza medaliga sazovor böldi.

Şundan söng medallarga boy bölgan veloşosse böyiça musobaqalarga start berildi. Yakkalik poygalarida Özbekiston velosport jamoasi medallarning töliq jamlanmasini qölga kiritişga muvaffaq böldi. Ayollar örtasida birinçi va ikkinçi örinlarni Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova egallaşdi. Erkaklar örtasida Aleksey Fomovskiy 3-körsatkiçni qayd etib, yana bir bronza medalini öziniki qilib oldi.
91km masofaga teng bölgan guruh poygasida Olga Zabelinskaya Islom birdamlik öyinlaridagi 3-oltin medalini qölga kiritib,
«het-trik»ni qayd etdi. Yana bir özbekistonlik velosportçi Margarita Misyurina marraga ikkinçi bölib yetib kelib, kumuş medalni qölga kiritdi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston delegatsiyasi Islom birdamligi öyinlarida ayni vaqtda 40ta oltin, 28ta kumuş va 44ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 2-örinda bormoqda.












