23:45 / 10.01.2019
6887

Paragvay Venesuela bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Paragvay prezidenti Mario Benites qo‘shni Venesuela bilan diplomatik aloqalar uzilishini e'lon qildi.  

Bu qaror Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ikkinchi prezidentlik muddatiga inauguratsiyasi bilan bog‘langan. 

Paragvay Venesuelada o‘tgan prezident saylovlarini noqonuniy deb tan olgan va shu sababli diplomatik aloqalarni uzish, Paragvayning Venesueladagi elchixonasini yopish va Karakasdagi diplomatlarni ortga qaytarishga qaror qilgan.

Shuningdek, venesuelalik diplomatlarga Paragvayni tark etish talabi qo‘yilgan.

Shu bilan birga Paragvay rahbariyati o‘z yurtini inqiroz sababli tark etgan venesuelaliklarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini aytgan.

10 yanvarda Maduroning ikkinchi 6 yillik muddatga inauguratsiyasi marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mavzuga oid
Top